Hachikazuki yoki Hachi Katsugi (yaponcha : 鉢かづき; tarjimasi: „Piyola koʻtaruvchi malika“)[1][2] — Otogi-zoshi janridagi yapon xalq ertagi. Bu boshiga ulkan kosa kiyib, shahzodaga turmushga chiqqan zodagon qiz haqidagi ertak hisoblanadi[3].
Hachikazuki hime birinchi marta Muromachi davrida (XIV—XVI asrlar) yozilgan[1]. Edo davrining oʻrtalarida (XVIII asr, taxminan 1735—1745) Urokogataya tomonidan bolalar uchun koʻplab chizilgan rasmlar bilan boyitilgan Akahon (qizil kitob) kitobida nashr etilgan[1].
Qadim zamonlarda, baʼzida Hachibime deb ham ataladigan goʻzal qizi bor er-xotin yashar edi[4]. Oʻlim toʻshagida yotgan keksa onasiga Hachibime oʻz goʻzalligini yashirish uchun boshiga hamisha ulkan yogʻoch kosa kiyib yurishga vaʼda beradi. Baʼzi versiyalarda yozilishicha esa qiz tugʻilganidayoq boshida yogʻoch kosasi boʻlgan ekan[5]. Nima boʻlganda ham, otasi boshqa ayol bilan oila quradi, oʻgay onasi esa qizga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻladi.
Qiz uydan boshqa shaharga qochib ketadi va lordning uyida xizmatkor lavozimda ishlaydi. Bir kuni xo‘jayinning o‘g‘li yog‘och kosaning ostidagi go‘zal bir qizni ko‘radi. U qizni sevib qoladi. Xotin tanlash vaqti kelganida, Hachikazuki kelin tanlashda ishtirok etadi va uni xoʻjayinning oʻgʻli tanlaydi. Qizning aytishicha, choy quyish marosimi davomida yogʻoch kosa uning boshida turishi kerak.
Ular turmush qurganlaridan soʻng, Hachikazuki yogʻoch kosani boshidan oladi va uning ichidan zargarlik buyumlari va boshqa xazinalarni topib oladi[6]. Shu bilan bir qatorda, kosa koʻp boʻlaklarga boʻlinadi va ular qimmatbaho toshlarga aylanadi[7].
Ertak nemis tiliga Devid Avgust Brauns tomonidan Das Mädchen mit dem Holznapfe („Yogʻoch kosali qiz“) sifatida tarjima qilingan[8].
Ingliz tilidagi kompilyatsiyalarda bu ertak The Wooden Bowl[9], The Black Bowl[10], The Maiden with the Wooden Bowl[11] yoki The Maiden with the Wooden Helmet (Andrew Lang tarjimasi) nomlari bilan mashhur[12].
Folklorshunos Marian Roalf Koks oʻzining Cinderella: Three Hundred and Forty-Five Variants of Cinderella (Zolushka: Zolushkaning uch yuz qirq besh xili), Catskin and, Cap Oʻ Rushes(Katskin va Kap Oʻ Rushes) asarida Hachixazukini („Yogʻoch kosali qiz“) Zolushka hikoyalari silsilasiga tegishli deya[14] sanab oʻtgan[15][16].
Yapon olimi Hiroko Ikeda „Princess Bowl-on-the-Head (Boshida kosa tutganmalika)“ deb tarjima qilingan ertakni yapon ertak indeksining 510C turi sifatida tasnifladi[17], Aarne-Thompson-Uther indeksidagi boshqa quvgʻin qilingan qahramon turlariga yaqinlik kuzatiladi, jumladan : ATU 510A, „Sindrella — Zolushka“ va ATU 510B, „Donkeyskin (Pocha poʻstin)“.
↑Mulhern, Chieko Irie. „[Reviewed Work: Japanese Folk Literature: A Core Collection and Reference Guide. by Joanne P. Algarin]“. In: Monumenta Nipponica 39, no. 2 (1984): 202. Accessed July 24, 2021. doi:10.2307/2385022.