Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 6-sentyabr 1967-yil | ||
Tavallud joyi | Akçaabat, Trabzon, Turkiya | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1987–1990 | Trabzonspor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990–1996 | Trabzonspor | 156 | (16) |
1996–1999 | Adanaspor | 88 | (23) |
Milliy terma jamoa | |||
1985–1986 | Turkey U-19 | 9 | (0) |
1987–1989 | Turkey U-21 | 9 | (0) |
1987–1988 | Turkey Olympic | 6 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2005–2006 | Akçaabat Sebatspor | ||
2006–2010 | Turkey women | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hamdi Aslan (1967-yil 6-sentyabrda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. 2006–2010-yillarda Turkiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
Aslan futbolchilik faoliyatini mahalliy klubi Trabzonsporning yoshlar jamoasida boshlagan. 1990–1996-yillar oraligʻida u kattalar jamoasida oʻynadi, birinchi mavsumda | TFF Birinchi ligada, keyin esa Superligada. Bu vaqt ichida u liga oʻyinlarida 156 marta maydonga tushdi va 16 ta gol urib oʻz klubi bilan uchta Turkiya kubogi, ikki marta Prezident kubogi va uchta Bosh vazir kubogi sohibi boʻldi. 1996-97-yilgi mavsumda Aslan TFF Ikkinchi liga klubi Adanasporga oʻtib u yerda 88 oʻyinda maydonga tushdi va jami 23 gol urdi.[1][2][3]
Hamdi Aslan oʻzining halol oʻyini va "Trabzonspor"dagi boshi bilan urgan gollari bilan yodda qolgan.
U Turkiya U-18 terma jamoasiga qabul qilindi va 1986-yil 18-yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi - 1985-yil 18-aprelda Chexiya termasiga qarshi 8-guruh oʻyinida debyut qildi. Aslan turnirdagi oltita uchrashuvning uchtasida ishtirok etdi. Turkiya yoshlar terma jamoasi safida 9 marta maydonga tushdi.
Uning Turkiya U-21 terma jamoasidagi ilk uchrashuvi 1987-yilning 3-martida Ruminiya oʻsmirlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlgan U 1988-yilgi 21-yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida toʻrtta oʻyindan birida - Saralash bosqichi 4 guruhida va 1990-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida - 3-saralash bosqichida oltita oʻyindan beshtasida oʻynadi. Aslan Turkiya U-21 terma jamoasi safida 9 marta maydonga tushdi.
U yetti marta Turkiya milliy futbol jamoasi tarkibida boʻlgan, ulardan oltitasi 1987-yilgi Oʻrta yer dengizi kubogida.[4][5][6][7]
Hamdi Aslan 2006-yilda Turkiya ayollar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishidan oldin 2005-06-yilgi mavsumda oʻz shahrining Akcaabat Sebatspor jamoasini boshqargan. Oʻsmirlar va qizlar oʻsmirlar terma jamoalariga ham murabbiylik qilib, 2010-yilgacha bu lavozimda ishlagan.[8][9][10][11]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Mintaqaviy | Milliy | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Trabzonspor | 1989–1991 | TFF First League | 29 | 0 | 4 | 0 | – | – | 5 | 0 | 38 | 0 |
1991–92 | Süper Lig | 28 | 8 | 5 | 2 | – | – | 0 | 0 | 33 | 10 | |
1992–93 | Süper Lig | 29 | 3 | 5 | 0 | – | – | 0 | 0 | 34 | 3 | |
1993–94 | Süper Lig | 30 | 1 | 4 | 0 | – | – | 0 | 0 | 34 | 1 | |
1994–95 | Süper Lig | 24 | 3 | 7 | 0 | – | – | 0 | 0 | 31 | 3 | |
1995–96 | Süper Lig | 16 | 1 | 1 | 0 | – | – | 0 | 0 | 17 | 1 | |
Jami | 156 | 16 | 26 | 2 | – | – | 5 | 0 | 187 | 18 | ||
Adanaspor | 1996–97 | TFF Second League | 35 | 18 | – | – | – | – | 0 | 0 | 35 | 18 |
1997–98 | TFF Second League | 32 | 3 | – | – | – | – | 0 | 0 | 32 | 3 | |
1998–99 | Süper League | 21 | 2 | 4 | 0 | – | – | 0 | 0 | 25 | 2 | |
Jami | 88 | 23 | 4 | 0 | – | – | 0 | 0 | 92 | 23 | ||
Karyera Jami | 244 | 39 | 30 | 2 | – | – | 5 | 0 | 279 | 41 |