Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Harvey Antonio Blair[1] | ||
Tavallud sanasi | 14-sentyabr 2003-yil[2] | ||
Tavallud joyi |
Huddersfield, ![]() | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 86 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2015-2021 | Liverpool | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2021- | Liverpool | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (27-oktyabr uchun) |
Harvey Antonio Blair (2003-yil, 14-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Premyer Liganing "Liverpool" klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Blair Angliyaning Huddersfield shahrida tugʻilgan.
Blair dastlab „Manchester United“ klubining yoshlar tarkibida, keyinchalik „Liverpool“ klubining U-12 jamoasida oʻyinchisi sifatida kelib qqoʻshilgan. U birinchi professional shartnomasini 2020-yil oktyabr oyida imzolagan. Keyinchalik u 2020-21-yilgi mavsum uchun klubning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasiga koʻtarildi[3]. Uning birinchi yiliga olgan jarohati katta taʼsir oʻtkizdi, natijada u atigi toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvofaq boʻldi[4].
Blair asosiy jamoadagi professional debyutini 2021-yil, 27-oktyabr kuni Preston klubiga qarshi EFL kubogi doirasida o‘tkazdi. U oʻyinning 55 daqiqasida almashtirildi[5]. „Liverpool“ bosh murabbiyi Jurgen Klopp Blairning oʻyini haqida shunday dedi: „Harvey uchun birinchi boʻlimdagi oʻyin haqiqatan ham oson boʻlmadi, ikkinchi boʻlimda ham. Biz uni oʻyinga jalb qila olmadik. Bu unga yordam bermaydi[6].“
Blairni „yaxshi sur’at, oʻlcham va toʻp nazoratiga ega“ „ayyor vinger“ deb taʼriflashadi.
U muntazam ravishda 18 yoshgacha boʻlgan jamoa safida bosh murabbiy Bridge-Wilkinson qoʻl ostida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo hujumchi sifatida ham harakat qila oladi va 10-raqamli pozitsiyada biroz kengroq ishlaydi[7].
Uning akasi Marley ham klub tomonidan qoʻyib yuborilgunga qadar „Liverpool“ akademiyasida futbol oʻynagan. U hozir Islandiyaning Keflavik ÍF klubida oʻynamoqda[8].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | EFL kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Liverpool | 2021-22 [9] | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |
Karyera jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |