Aviatsiya dubulgʻasi yoki Aviashlem, Parvoz dubulgʻasi, Uchuvchi dubulgʻasi, (SSSR / RF rasmiy aviatsiya hujjatlarida „HD“ -himoya dubulgʻasi atamasi qabul qilingan) — parvoz xodimlari uchun individual himoya vositasi. Bu shlemofonning bir turi boʻlib, model va modifikatsiyaga qarab aloqa uskunalari, yorugʻlik filtri, kislorodli niqob, oʻrnatish moslamasi va boshqa texnik qurilmalar bilan jihozlangan plastik (yoki metall) konstruktsiya (qobiq). Dubulgʻa boshni zarbalardan himoya qilish va sakrash(katapulta) paytida havo oqimi bilan toʻgʻri taʼsirlashish uchun moʻljallangan. SSSRda ishlab chiqarilgan HD faqat oq yoki himoya yashil rangda ishlab chiqarilgan.
Birinchi jahon urushi davridagi parvoz dubulgʻasi (shlemofon) charmdan qilingan, quloqchin (naushnik) lar uchun mahkamlagichlar, kislorod niqobi va olinadigan himoya koʻzoynaklardan iborat edi [1] . Keyinchalik himoya dubulgʻalari charm dubulgʻalarga kiyila boshlandi. Hozirgi vaqtda HD bir butun buyum hisoblanadi.
Zamonaviy dubulgʻalarga turli xil navigatsiya qurilmalari, sensorlar va maʼlumotlarni chiqarish uchun ekranlar oʻrnatilgan.
Rossiya harbiy-havo kuchlarida asosan HD-3, HD-5, HD-7 seriyali aviatsiya dubulgʻalari ishlatiladi.
Eslatma.
Shuni taʼkidlash kerakki, shu paytgacha charm shlemofonlar yoki garnituralar harbiy maqsadlarda kam manevrli yoki tovush tezligidan past tezlikli samolyotlarda keng qoʻllanadi. Fuqarolik aviatsiyasida minigarnituralar asosan ishlatiladi, kamroq shlemofonlar ishlatiladi. Plastik HD lar umuman ishlatilmaydi.
Aviatsiya muhandis-texnik xodimlari uchun sanoatda aloqa vositalari bilan jihozlangan yoki ularsiz yumshoq yozgi va qishki himoyad ubulgʻalar ishlab chiqariladi[2].
HD markirovka qilishda ishlatiladigan harf belgilari: