Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Hazira maqbarasi | |
---|---|
![]() Maqbaraning umumiy koʻrinishi | |
Joylashuvi | Gujarot |
Turi | maqbara |
Arxitektura uslubi | Boburiylar meʼmorchiligi |
Asosiy sanalar | 1586-yil |
Hazira maqbarasi |
Hazira maqbarasi – (Hazira nomi bilan ham mashhur) Hindistonning Gujarat shtati Vadodara shahrida joylashgan maqbara. Akbarning oʻgʻli va vorisi Salimning tarbiyachisi boʻlgan Qutbuddin Muhammadxonning, shuningdek, Akbarning Gujaratda muhim lavozimlarni egallagan oʻgʻli Naurang Xonning qabrlari shu yerda joylashgan. Qutbiddin 1573 yildan 1583 yilgacha uch marta Gujarat gubernatori boʻlgan Akbarshohning koʻkaldoshi Mirzo Aziz Kokaning amakisi boʻlgan. U 1583-yilda Gujarat sultonligining oxirgi sultoni Muzaffarshoh III tomonidan oʻldirilgan[1][2].
Maqbara Dehlidagi boburiylar meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Haqiqiy qabr yer ostidagi xonada, soxta qabr esa maqbaradagi hamma kira oladigan qabr xonasida joylashgan. Arab tilidagi Qur’on matnlari qabr xonasining ichkarisida, peshtoqlarda, arklarda, shuningdek, sharqiy yon devorlarda oʻyib yozilgan. Qabrni oʻrab turgan silindrsimon gumbazning pastki qismi qizil rangli gʻishtli qalin gips bilan qoplangan.
Maqbara qoʻsh gumbazli boʻlib, alohida bogʻi ham mavjud. Uning gʻarbiy qismida zinapoya boʻlgan[3].