![]() Helen Ward. 2015-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Helen Jane[1] Ward | ||
Tavallud sanasi | 26-aprel 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Brent, Angliya | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Watford | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Watford | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
-2009 | Watford | ||
2009-2010 | Arsenal[2] | 27 | (8) |
2010-2013 | Chelsea | 41 | (12) |
2013-2017 | Reading | 27 | (11) |
2017- | Watford | 37 | (20) |
2021 | → London Bees (loan) | 4 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007 | England U23 | 1 | (0) |
2008- | Wales[3] | 100 | (44) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil, 19-noyabr uchun) |
Helen Jane Ward (née Lander; 1986-yil 26-aprelda tugʻilgan) — ayollar futbolida xalqaro darajadagi hujumchi. Hozirda FA Womenʼs Championshipdagi, Watford Women ayollar jamoasida oʻynaydi. Ward 2010-yilda „Arsenal“ jamosida oʻynaganidan soʻng, „Chelsea Ladies“da uch mavsum oʻtkazgan. Londonning Brent tumanida tugʻilgan Ward, futboldagi faoliyatini 14-yil oldin " Watford Ladies "da boshlagan. U jamoada koʻplab gollar muallifi hamda jamoa sardori boʻlgan.
Ward 2007-yilda Angliyaning 23 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida oʻynagan, ammo 2008-yildan Wales terma jamoasini sharafini himoya qilishni boshlagan. U 44 ta gol bilan Wales terma jamoasining barcha vaqtlarda eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Ward oʻz faoliyatini " Watford Ladies "da boshlagan. U bu jamoaga toʻqqiz yoshida qoʻshilgan va keyinchalik klub sardori boʻlishga erishgan. U 2009-yilning yanvar oyida „Arsenal Ladies“ ga safiga qoʻshildi va oʻsha oyning oxirida „Arsenal“ jamoasi „FA Womenʼs Cup“ doirasida "Colchester United " jamoasi magʻlub etilganida debyut golini kiritgan.[4][5]
Ward 2010-yil sentabrida „Chelsea Ladies“ga oʻtadi.[6]
2013=yil dekabr oyida Ward „Chelsi“dan „Reding“ga oʻtishini eʼlon qildi. U yerda u „Arsenal“ va Walesdagi sobiq jamoadoshi, „Reding“ jamoasi menejeri boʻlgan Jayne Ludlow bilan shartnoma imzoladi.[7] Ward 2015-yilgi FA WSL 2-mavsumi oldidan, 2014-yil sentabr oyida qizi Emily tugʻilganidan keyingina mashgʻulotlarga yana qaytdi.[8]
2017-yilning 8-fevralida WardFA WSL 1 dagi yangi klub hisoblangan Yeovil Town Ladies jamoasiga qoʻshildi[9], ammo ikkinchi farzandiga homiladorligini eʼlon qilib, shartnomasini bekor qilishga majbur boʻladi.[10]
Hujumchi 2017—2018-yilgi mavsum oldidan oʻz uyi „Wattford FC Ladies“ safiga qoʻshiladi va klub bilan 2018—2019-yilgi mavsum oldidan shartnomani uzaytirdi.[11]
2021-yil fevral oyida Ward London Bees jamoasiga qisqa muddatli ikki tomonlama shartmona evaziga qoʻshiladi.[12]
2007-yil iyul oyida Ward, Nordic Cup doirasida, <a href="https://en.wikipedia.org/wiki/England_womenʻs_national_under-23_football_team" rel="mw:ExtLink" title="England womenʻs national under-23 football team" class="cx-link" data-linkid="196">England womenʼs national under-23 football team</a>da,Finlandiyadan 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, 10 daqiqa oʻynaydi.[13]
Ward Angliyani 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar safida oʻyinlar oʻtkazgan, ammo bobosi Waleslik boʻlganligi sabab[3] Wales terma jamoasi safida 2008-yilning 30-sentyabrida <a href="https://en.wikipedia.org/wiki/Luxembourg_womenʻs_national_football_team" rel="mw:ExtLink" title="Luxembourg womenʻs national football team" class="cx-link" data-linkid="201">Luxembourg</a>ga qarshi oʻyinda debyut qiladi. Wales 6:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, Ward ikkinchi golni oʻz hisobiga yozib qoʻyadi.[14]
2010-yil avgust oyida Ozarbayjon ustidan 15:0 hisobida gʻalaba qozongan Wales terma jamoasining oltita golli Ward mualliflik qiladi. Bu paytda u „Chelsea“ klubi futbolchisi sifatida qayd etilgan.[15] Ward 2013-yil sentabr oyida Belariusga qarshi oʻyinda 50-oʻyinini oʻtkazganida, xalqaro maydonlarda 30 ta gol urishiga erishgan edi.[16] 2021-yil oktabr holatiga koʻra, Ward 99 ta oʻyinda 44 ta gol urgan holda Wales terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar oʻyinchi sifatida qayd etilgan.[17][18][19]
2022-yil 8-aprelda Uord 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Fransiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlib, Uels terma jamoasi uchun 100-uchrashuvini oʻtkazdi.[20]