Toʻliq nomi |
Hisor markaziy stadioni Варзишгохи марказии Ҳисор |
---|---|
Joyi | Hisor |
Koordinatalari | 38°32′58.396″N 68°33′23.301″E / 38.54955444°N 68.55647250°E |
Qachon qurilgan | 2014 |
Qachon ochilgan | 27-oktyabr, 2015-yil |
Egasi | Tojikiston Respublikasi Hukumati |
Inshoot narxi | >42 million SM |
Hajmi | 20,000 |
Maydon oʻlchami | 110 m × 75 m (361 ft × 246 ft) |
Hisor markaziy stadioni (tojikcha: Varzishgoxi markazii Hisor) – Tojikistonning Hisor shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Hozirda ushbu arena asosan futbol oʻyinlari uchun foydalanilmoqda. 2015-yilda ochilganidan buyon 20 ming tomoshabinga moʻljallangan ushbu stadion „Barkchi“ futbol klubi va Tojikiston milliy futbol terma jamoasining uy maydoni hisoblanadi.
Stadion 2015-yil 27-oktyabrda Hisor shahrining 3000 yilligini nishonlash munosabati bilan ochilgan. Ochilish marosimida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etgan. Stadion qurilishiga 42 million somoniydan biroz koʻproq mablagʻ sarflangani aytilgan[1]. 2017-yil iyul oyida stadionda ilk xalqaro musobaqa – 2017-yilgi CAFA U-15 qizlar chempionati oʻtkazilgan[2].
2017-yil 4-noyabr kuni stadionda „Istiqlol“ (Tojikiston) va Iroqning „Al-Quva Al-Javiya“ jamoalari oʻrtasidagi 2017-yilgi OFK kubogi finali boʻlib oʻtgan[3][4].
Sana | 1-jamoa | Natija | 2-jamoa | Boshqich | Tomoshabinlar | Mavsum |
---|---|---|---|---|---|---|
2017-yil 4-may | Istiqlol | 0–1 | Al-Quwa Al-Jawiya | Final | 20,000 | 2017-yilgi AFC kubogi |