"History" – britan-irland guruhi One Direction tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. 2015-yilning6-noyabr kuni guruhning beshinchi studiya albomi „Made in the A.M.“ (2015) ning uchinchi va oxirgi singli sifatida chiqarilgan. Bu shuningdek One Direction faoliyatidagi soʻnggi qoʻshiq ham hisoblanadi[1].
Qoʻshiq „Made in the A.M.“ albomining uchinchi va soʻnggi singli sifatida chiqarilgan. Syco Music bilan hamkorlikda 2015-yil 6-noyabrda namoyish etilgan ushbu singl guruh faoliyatidagi tanaffusdan oldingi soʻnggisi boʻlib qoldi[2][3].
Ben Winston rejissyorligi ostida suratga olingan qoʻshiqning videoklipi 2016-yilning 26-yanvar sanasida guruhning Vevo hamda YouTube ijtimoiy tarmoqlaridagi kanallarida namoyish etilgan[4]. Video davomida guruh faoliyatining boshlanish qismidan shu kungacha boʻlgan barcha esda qolarli holatlari yodga olinadi. Hottoki guruhni tark etgan Zayn Malikni ham videoklipdagi kadrlar davomida koʻrishimiz mumkin. Videoning yakunida guruh aʼzolarining turli yoʻnalishlar tomon tarqalib ketganligini namoyish etiladi. Klip chiqqanidan biroz vaqt oʻtgach esa guruhning faoliyati rasman yakunlangani eʼlon qilingan[5][6].