I Need Romance 3 | |
---|---|
Janri |
Romantika Komediya Drama |
Rejissyor | Jang Young-woo |
Ssenariynavis(lar) | Jung Hyun-jung |
Rollarda |
Kim So-yeon Sung Joon Namkoong Min Wang Ji-won Park Hyo-joo Yoon Seung-ah Park Yu-hwan |
Mamlakat |
![]() |
Til | koreyscha |
Qismlar soni | 16 |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi prodyuser(lar) | Kim Young-kyu |
Prodyuser(lar) |
Jo Moon-joo Jung Se-ryung |
Studiya(lar) | JS Pictures |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | tvN |
Translyatsiya davri | 13-yanvar, 2014-yil | — 4-mart, 2014-yil
Tarixi | |
Oʻxshash koʻrsatuv(lar) |
I Need Romance I Need Romance 2012 |
I Need Romance 3 (koreyscha: 로맨스가 필요해 3) – Kim So-yeon, Sung Joon, Namkoong Min, Wang Ji-won, Park Hyo-joo, Yoon Seung-ah va Park Yu-hwan bosh rollarni ijro etgan 2014-yilgi Janubiy Koreya teleseriali. Serial tvN kanalida 2014-yil 13-yanvardan 4-martgacha, dushanba va seshanba kunlari soat 22:00 da (Koreya vaqti bilan) efirga uzatilgan hamda umumiy 16 qismni tashkil etgan.
Bu serial tvN telekanalining „I Need Romance“ va „I Need Romance 2012“ romantik komediya franshizalarining mashhur boʻlib ketganligidan keyin chiqargan uchinchi seriali boʻldi. Oʻzidan oldingilari singari ushbu serial ham oʻttiz yoshlardagi uch xil martabali ayolning doʻstligi, ish joyidagi raqobati va sevgi hayotini real tarzda tasvirlaydi[1].
33 yoshli Shin Joo-Yon uy xarid qilish kanali kompaniyasining moda marketingi boʻlimida direktor boʻlib faoliyat yuritadi. U ushbu kompaniyada muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz qattiq mehnat qiladi. Ishqiy munosabatlar sohasida son-sanoqsiz muvaffaqiyatsizliklardan keyin esa haqiqiy sevgi gʻoyasidan deyarli voz kechadi. Keyinchalik esa u ikki erkak bilan sevgi uchburchagiga aralashib qoladi.
Jou Van 26 yoshli qoʻshiqchi va begʻaraz inson boʻlib, oʻn yetti yil chet elda yashab, Koreyaga qaytib kelgan edi. Jou Van 9 yoshiga qadar onasining dugonasi qoʻlida tarbiyalanadi. Onasining dugonasini Shin Ju Yon ismli qizi bor edi. Bolaligida onasi band boʻlganida u Shin Ju Yon bilan oʻynaganini eslaydi. Shu bilan birga, u oʻzining choʻmilish va oʻynash vaqti, oyoq kiyimini bogʻlashni oʻrgangani haqidagi xotiralarni ham eslaydi. Koreyaga qaytib kelgandan soʻng, u Joo-Yonga yordam berishga harakat qiladi[2].
Kang Tae Yun esa Ju Yonning hamkasbi va ustozi edi. U oʻz maqsadlariga erishish uchun hamma narsani qiladigan ishchan perfektsionist ayol edi. U juda nazokatli ayol boʻlgan, ammo soʻnggi sevgilisi tashlab ketganidan soʻng u sevgiga rostdan ham ishonmay qoʻygan boʻladi.
Oh Se-ryung modelga aylangan stilist boʻlib, u Joo-Yonning ishdagi doimiy raqibi hisoblanadi. U halol va har doim oʻz his-tuygʻulariga sodiqdir. Se-ryungning maktab davridan beri u bilan ishqiy munosabatda boʻlishni xohlab yurgan yigitlar koʻp boʻlsa-da, u Tae-Yun sevib qolgan boʻladi. Se-ryung uning muhabbatiga erishish uchun hamma narsaga tayyor boʻladi.
Li Min-jung, Jung Xe-Je va Li Vu-young Joo-Yonning eng yaxshi doʻstlari va kasbdoshlari boʻlishadi. Xe-Jening uzoq yillik sevgilisi davlat xizmati boʻyicha tahsil olar edi, ammo uning oʻz kelajagi uchun qaygʻurishi va xasisligi ularning munosabatlariga taʼsir qila boshlaydi.
Yil | Mukofot | Nominatsiya | Nominant | Natija |
---|---|---|---|---|
2016-yil | tvN10 Awards | Romantik komediya qiroli | Sung Joon | Nominatsiya |