Ibn Abbod Rundiy-(arab. ابن عباد الرندي) (1333-1390) to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Is’hoq Ibrohim an-Nafzi al-Himyariy ar-Rundiy bo‘lib, o‘z davrining yetakchi so‘fiy ilohiyotchilaridan biri. Andalusning Ronda shahrida tug‘ilgan. Marokashdagi mashhur madrasalarda tahsil olishga qiziqqan Ibn Abbod yoshligida u yerga hijrat qiladi. U umrining katta qismini Marokashning turli shaharlarida (Sale, Marrakesh, Fos) yashab o‘tkazgan va Fosdagi “Bob al-Futuh” qabristoniga dafn etilgan[1].