Ibn Atoulloh Sakandariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 658 hijriy / 1259 milodiy |
Vafoti | 709 hijriy / 1310 milodiy [2] |
Dini | Islom |
Era | O'rta asrlar |
Hudud | Iskandariya |
Mazhab | Sunniy so'fiy (Fiqhdagi mazhabi - Molikiy) |
Imom | E’tiqodi – Ash’ariy[1] |
Ibn Atoulloh Sakandariy (Ibn Atoulloh al-Iskandariy; 1259—1310) — to'liq ismi: Tojiddin Abul-Fazl Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulkarim ibn Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Iso ibn Husayn ibn Atoulloh al-Juzamiy al-Iskandariy ash-Shoziliy boʻlib, u misrlik molikiy faqih, shoziliya soʻfiylik tariqatining uchinchi murshidi (ruhiy “yoʻlboshchi” yoki “ustoz”) va muhaddis olim bo’lgan.
U Iskandariyada tugʻilgan va Qohiradagi al-Azhar masjidida ham, Mansuriya madrasasida ham dars bergan. U Shoziliya ta'limotini tizimlashtirish va ushbu tariqat asoschisi Abul-Hasan ash-Shoziliy va uning vorisi Abul-Abbos al-Mursiyning tarjimai holini kitob holiga keltirish vazifasini bajargan. U zikr boʻyicha birinchi tizimli risola - “Najot kaliti” (“Miftah al-faloh”) asari muallifi sifatida eʼtirof etiladi, lekin, asosan “Hikam al-Atoiyya” nomli hikmatlar toʻplami bilan mashhur bo’lgan.
Ibn Atoulloh diniy masalalardagi qarashlari va soʻfiylarga hujum qilishda haddan oshgani uchun bir necha bor qamoqqa olingan, munozarali ilohiyot olimi Ibn Taymiyaga qarshi chiqqanlardan olimlardan biri edi[3]. U Ibn Taymiyya bilan munozaralarda 200 ga yaqin soʻfiylar jamoasini boshqargani, shuningdek, u bilan koʻplab masalalarda bahs qilgani ma’lum.
U 1309 yilda Qohirada vafot etgan.
Ibn Atoulloh yozma asarlarining koʻplab adadda koʻchirilishi Shimoliy Afrikada shoziliylik tariqati keng tarqalishiga olib keldi, bu yerda avvalliga tariqat rad etilgan edi. Vafoiy so'fiylik tariqati ham uning asarlari manba qilib olgan. O'tgan 700 yil ichida Ibn Atoullohning ta'limotlari qayta-qayta o'rganildi, sharhlandi va ular butun dunyo bo'ylab tarqaldi va deyarli barcha asosiy tillarga tarjima qilindi[4].
Shoziliya tariqatining Ibn Abbod ar-Rundiy, Ahmad Zarruq va Ahmad ibn Ajiba kabi mashhur shayxlari, shuningdek, oʻzi shoziliy boʻlmagan hindistonlik chishtiy soʻfiy Abdulloh Gangohiy va suriyalik huquq professori Muhammad Said Ramazon al-Butilar tomonidan “Hikam” asariga sharhlar yozilgan. Muhammad Nafih Vafiyning ingliz tilidagi zamonaviy “Hikam” tarjimasi 2010-yilda Malayziyadagi Islamic Book Trust tomonidan “The Book of Aphorism” nomi bilan nashr etilgan[5].
Vikiiqtibosda Ibn Atoulloh Sakandariyga tegishli iqtiboslar mavjud. |