Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ibrohimxalil Xabibulla oʻgʻli Yoʻldoshev | ||
Tavallud sanasi | 14-fevral 2001-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Yangiyer, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.72 m[2] | ||
Ampluasi | Left back | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Pari NN | ||
Raqami | 6 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2019 | Paxtakor-2 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019—2021 | Paxtakor Toshkent | 13 | (2) |
2020 | → Bunyodkor | 21 | (1) |
2021– | Pari NN | 50 | (3) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2019—2020 | Oʻzbekiston U19 | 8 | |
2021— | Oʻzbekiston U19 | 6 | |
2020— | Oʻzbekiston | 14 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 2-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 28-mart uchun) |
Ibrohimxalil Xabibulla oʻgʻli Yoʻldoshev 2001-yil 14-fevral kuni, Yangier shahrida tugʻilgan. Ibrohimxalil Yoʻldoshev oʻzbek futbolchisi boʻlib, Rossiyaning „Nijniy Novgorod“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.
Ibrohimxalil Yoʻldoshev Toshkentning „Paxtakor“ akademiyasida tahsil olgan.[3] 2019-yilda asosiy tarkibga taklif qilingan, Ibrohimxalil Yoʻldoshev Oʻzbekiston chempioni boʻlgan, biroq u bor-yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan. 2020-yilda u „Bunyodkor“ga ijaraga oʻtgan va u yerda bir mavsum oʻtkazib,[4] 21 ta oʻyinda maydonga tushib,[5] 1 ta gol muallifi boʻlgan. U 2021-yilda „Paxtakor“ga ijaradan qaytgan[6] va u yerda 12 ta oʻyin oʻtkazib,[7] 2 ta gol urgan va Oʻzbekiston Superkubogi sohibiga aylangan.[8] 2021-yil 26-avgustda u RPLga oʻtgan.[9] Ibrohimxalil Yoʻldoshev Rossiyaning „Nijniy Novgorod“ klubi bilan shartnoma imzolagan va ertasi kuni asosiy tarkibda „Ximki“ga qarshi oʻynagan.[10] 2024-yil yanvar oyida Qozogʻistonning „Qayrat“ klubiga ijaraga berilgan[11].
U 2020-yilning 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston kattalar terma jamoasi safida debyut qilgandi.[12]
Paxtakor