Ignas Šeinius

Ignas Šeinius
Tavalludi
Ignas Jurkūnas

2-aprel 1889-yil
Vafoti 15-yanvar 1959-yil(1959-01-15)
(69 yoshda)
Stokgolm, Shvetsiya
Kasbi Yozuvchi, diplomat, tarjimon
Ijod qilgan tillari Litva tili va Shved tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Alma mater Shaniavskiy nomidagi Moskva shahar xalq universiteti [ru]
Janr Impressionizm, satira, psixologiya
Turmush oʻrtogʻi Gertrud Sydoff
Bolalari Irvis Scheynius

Ignas Jurkūnas (1889-yil 2-aprel — 1959-yil 15-yanvar) — Ignas Šeinius taxallusi bilan mashhur litva-shved yozuvchisi, publitsisti va diplomati. U oʻzining „Kuprelis“ romani bilan mashhur boʻlib, oʻz romanlari bilan Litva adabiyotida impressionizm yoʻnalishida yetakchilik qilgan[1][2].

Ignas Jurkūnas 1889-yil 2-aprelda Šeiniūnai qishlogʻoda litvalik dehqonlar oilasida tugʻilgan. U keyinchalik oʻz taxallusini shu qishloq nomidan yaratgan. U Gelvoniai va Musninkaidagi maktablarda oʻqigan. 1908-yilda u Kaunas va Vilnyusdagi oʻqituvchilar kurslarini tugatgan. Oʻsha yili Sankt-Peterburgda imtihon topshirgan, bu unga rasman oʻqituvchi boʻlishga yoʻl ochgan. Shundan kichik sheʼrlarini matbuotda nashr etagan[3][2].

U 1912-yilda Moskvaga koʻchib oʻtgan. U yerda 1915-yilgacha Shaniavskiy nomidagi Moskva shahar xalq universitetida sanʼat va falsafa boʻyicha tahsil olgan. Šeinius shu vaqt ichida uni yozishga undagan Litvaning taniqli yozuvchilari, jumladan Juozas Tumas-Vayžgantas va Yurgis Baltrushaitis va boshqalar bilan tanishadi. 1913-yilda u oʻzining eng mashhur „Kuprelis“ romanini nashr etgan. Roman Litvada unchalik mashhur boʻlmagan va 1932-yilda Šeinius tomonidan chuqur qayta tahrirlangan va qayta nashr etilgan. Shuningdek, u Nitsshening „Zardusht tavallosi“ asarini nemis tilidan litva tiliga tarjima qilgan[1][3][4][2].

Litva delegatlari 1917-yildagi Stokgolm konferentsiyasida. Šeinius chapdan toʻrtinchi oʻrinda

U 1915-yilda Litva urush jabrdiydalariga yordam berish jamiyati (inglizcha: Lithuanian Society for the Relief of War Sufferers) vakili sifatida Stokgolmga yuborilgan. Stokgolmda u shved tilini oʻrganadi va 1917-yilda Litva madaniyati haqidagi boshqa maqolalar qatorida „Litauisk Kultur“ (Litva madaniyati) ni nashr etadi. 1915-yilning yozida u shved millatiga mansub Gertrud Sydoffga uylanadi. Ularning oʻgʻli Irvis 1922-yilda tugʻilgan.

1919-yilda Litva mustaqillikka erishgach, Šeinius Stokgolmdagi Litva vakolatxonasi matbuot xizmati rahbari etib tayinlanadi. 1919-yildan 1920-yilgacha u Litvaga Kopengagenda va qisqa muddat Finlyandiyada vakillik qiladi.

1923-yildan 1927-yilgacha u Litvaning Shvetsiyadagi vakili boʻlgan. Shvetsiyadagi diplomatik faoliyati davomida u Litva va Shvetsiya oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga, xalqaro maydonda Vilnyus va Klaypeda masalalari boʻyicha Litvaning pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlashga hissa qoʻshgan[1][3][2] .

1926-yil dekabrdagi davlat toʻntarishi natijasida siyosiy rahbariyat oʻzgarib, Antanas Smetona va Avgustinas Voldemarasga yangi hukumat tuzishga imkon paydo boʻladi. Yangi tashqi ishlar boshligʻi boʻlgan Šeinius va Voldemaras oʻrtasida ziddiyat yuzaga keladi. 1927-yilda Litvadagi millatchilar partiyasi Skandinaviya davlatlaridagi elchixonalarni yopib qoʻyganligi sababli Šeinius diplomatiyadagi ishidan ketishga majbur boʻldi. Keyinchalik Šeinius 1930-yilgacha xususiy firmalarda ishlagan va ijodiy faoliyatiga koʻproq eʼtibor qaratgan[1][3][2].

1930-yillarning boshlarida Litvaning Kaunas shahriga qaytib kelgan. U „Lietuvos aidas“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan, shuningdek, shaxsiy ijodiy ishlar bilan shugʻullangan. 1935-yildan Klaypedada gubernatorning matbuot boʻyicha maslahatchisi boʻlib ishlagan. 1940-yilda Litva bosib olingandan soʻng, Šeinius Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan, u yerda familiyasini Šeiniusga oʻzgartirgan va litva tilida yozishni toʻxtatib, asosan shved tilida romanlar yoza boshlagan. Romanlardan eng mashhuri I Väntan På Undret hisoblanadi. 1943-yilda u Shvetsiya fuqaroligini olgan va 1959-yilda vafotigacha shu yerda yashgan[1][2][3][5].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Ignas Šeinius“. Visuotinė Lietuvių Enciklopedija. Mokslo ir enciklopedijų leidybos centras.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Autorius : Ignas Šeinius“. Antologija.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Kučinskienė, Aistė „Šeinius“. Šaltiniai.info. Šaltiniai.info.
  4. „IGNAS ŠEINIUS (1889–1959)“. Maironio Muziejus.
  5. Tonra, Justin „KUPRELIS (THE HUNCHBACK) BY IGNAS ŠEINIUS“. Distant Reading.