Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Igor Ivanović | ||
Tavallud sanasi | 9-sentyabr 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Podgoritsa, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 10 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2009 | Zora | 1 | (0) |
2009—2010 | Kom | 6 | (0) |
2010 | Iskra Danilovgrad | 13 | (2) |
2011—2012 | Rudar Pljevlja | 46 | (12) |
2013—2014 | en:OFK Beograd | 26 | (3) |
2014—2015 | Rudar Pljevlja | 26 | (13) |
2015—2016 | Zira | 28 | (3) |
2016—2018 | Sutjeska | 56 | (22) |
2018- | Budućnost | 59 | (17) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011 | Montenegro U21 | 3 | (0) |
2020- | Montenegro | 5 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-iyun 2017-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-mart 2021-yil uchun) |
Igor Ivanović (1990-yil, 9-sentyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Chernogoriyaning Budućnost klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Titogradda tugʻilgan Ivanović 2009-10-yilgi mavsumda Chernogoriya Birinchi ligasida FK Kom tarkibida debyut qilishdan oldin FK Zora[1] klubida oʻynagan. U 2010-11-yilgi mavsumning birinchi yarmini Chernogoriya Ikkinchi Ligasida[1] FK Iskra Danilovgrad klubi safida faoliyat olib borgan, qishki tanaffusda yuqori divizion vakilli FK Rudar Pljevljaga qoʻshiladi va u yerda keyingi ikki yil davomida oʻynaydi. 2012-13-yilgi mavsumning qishki tanaffusda paytida u Serbiya Superligasining OFK Beograd jamoasi bilan 3,5 yillik shartnoma tuzish orqali xorijga koʻchib oʻtadi[2].
2015-yilning avgustida Ivanović Ozarbayjon Premyer-ligasining Zira klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[3].
2016-yilning 21-iyunida Ivanović Chernogoriyaning Sutjeska Niksic klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. 2017-yil, 29-dekabr kuni Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi Ivanovićni „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovriniga loyiq topdi[5]. Sutjeskadagi faoliyati davomida Chernogoriya Professional Futbolchilar Sindikati Ivanovićga 2017 va 2018-yillarda Chernogoriya Birinchi Ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida ovoz berdi[6][7].
2018-yilning 10-iyunida Ivanović Chernogoriyaning Budućnost klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8].
Ivanović Chernogoriya U-21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[9]. U 2020-yil, 7-oktyabrda Chernogoriya terma jamoasi safidagi debyutida Latviya terma jamoasiga qarshi (1:1)oʻyinda gol urgan[10]. Oradan uch kun oʻtib, u Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi turnirdagi debyut uchrashuvida zaxiradan maydonga tushganidan keyin bir daqiqa oʻtmay gol urgan[11]. 2020-yil, 13-oktyabrda u Lyuksemburgga qarshi oʻyinda yana gol urdi[12].
Ivanovićning akasi Ivan ham professional futbolchi, hozirda Qozogʻiston Premyer-ligasida Atyrau klubida oʻynamoqda[13].
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Chernogoriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2020-yil, 7-oktyabr | Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya | ![]() |
1 — 1 | 1-1 | Doʻstona |
2. | 2020-yil, 10-oktyabr | ![]() |
2 — 0 | 2-0 | 2020-21 UEFA Millatlar ligasi C | |
3. | 2020-yil, 13-oktyabr | Lyuksemburg | 1 — 0 | 1-2 |