Igor Umanskiy | |
---|---|
Ігор Уманський | |
![]() | |
Ukraina Moliya vaziri | |
Mansab davri 4-mart 2020-yil – 30-mart 2020-yil | |
Prezident | Volodimir Zelenskiy |
Bosh vazir | Denis Shmigal |
Oʻtmishdoshi | Oksana Markarova |
Vorisi | Sergiy Marchenko |
Mansab davri 8-aprel 2009-yil – 11-mart 2010-yil | |
Prezident | Viktor Yushchenko |
Bosh vazir | Yulia Timosgenko |
Oʻtmishdoshi | Viktor Pinzenik |
Vorisi | Fedir Yaroshenko |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-yanvar 1975-yil Pripyat, Ukraina |
Siyosiy partiyasi | Mustaqil |
Taʼlim | Kiyev milliy iqtisodiyot universiteti |
Igor Ivanovich Umanskiy (ukraincha: Ігор Іванович Уманський; 1975-yil 9-yanvarda tugʻilgan[1]) – ukrainalik iqtisodchi va davlat xizmatchisi[2]. 2020-yil 4-martda u Ukraina moliya vaziri etib tayinlandi[3]. 2020-yil 30-martda ishdan boʻshatilgan[4]. Umanskiyning taʼkidlashicha, u hech qachon ishdan boʻshatilishi uchun rasmiy sabab olmagan va bu haqda birinchi marta xabarlar orqali eshitgan[5].
1997-yilda Umanskiy Kiyev xalq xoʻjaligi universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi[6].
Iqtisodiyot vazirligi, Milliy bank va UkrTransNaftada ishlagan[7].
2008—2010-yillarda Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[8].
2014—2015-yillarda yana moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan[9][10].
2016-yildan 2019-yilgacha Umanskiy Ukraina prezidentining maslahatchisi boʻlgan[11][12].
Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi (2020-yil)[13].