Ikamesi

Ikamesi
Asl nomi 烏賊飯

Ikamesi (yaponcha: 烏賊飯 - kalmar ichidagi guruch) — yapon taomi, guruch bilan toʻldirilgan kalmar. Osima viloyati, Xokkaydoning milliy taomi[1].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikamesini tayyorlash uchun boʻlaklangan kalmarning paypaslagichlari olib tashlanadi, keyin esa ichiga suvda yuvilgan guruch toʻldiriladi va anʼanaviy dasi bulyonida pishiriladi. Guruchning sochilib ketmasligi uchun kalmarni tishchoʻp yoki shunga mos keladigan boshqa biror narsa bilan mahkamlash mumkin. Ovqat pishirish uchun odatda yopishqoq va glyutensiz guruch aralashmasi ishlatiladi[2]. Kalmarning ichiga boshqa turdagi mahsulotlar: toʻgʻralgan kalmar paypaslagichlari, bambuk novdalari, sabzi, aburaage toʻldirish ham mumkin[3].

1941-yilda Ikkinchi Jahon urushi paytida odamlar taomnomasida guruch taqchilligi yuzaga kelgan, Xokkaydodagi Mori bekatida bento sotuvchi Abesyoten (bu hozirgi kunda bentoning maxsus turi — ekiben tayyorlash va oziq-ovqat yetkazib beruvchi Ikamesi Abesyoten kompaniyasi) guruch kam sarf etiladigan taom tayytorlash uchun oʻsha vaqtlarda faol ovlangan Tinch okeani kalmaridan foydalanishqa qaror qilgan[4].

Urush tugagandan soʻng 1966-yilda „Keio Department Store“ univermagi birinchi marta „Milliy tansiq taomlar va mashxur bentolar pishirish boʻyicha tanlov“ (yapon.元祖有名駅弁と全国うまいもの大会 Ganso Yūmē Ekiben to Zenkoku Umaimono Taikai) oʻtkazdi. Unda Abesyoten oʻzining ikamesisini tayyorladi. Ikkinchi tanlov vaqtida ikamesi sotuvi misli koʻrilmagan darajada oshib ketdi va keyingi yillarda muntazamlik paydo boʻldi. Ikamesi asta-sekin milliy miqyosda Mori qishlogʻining tansiq taomi va Xokkaydo milliy taomi sifatida tanildi.

Soʻnggi vaqtlarda ikamesining Abesyotendan tashqari boshqa ishlab chiqaruvchilari ham paydo boʻldi va endilikda ushbu taomga maxsus tadbirlar uchun qadoqlangan yoki konservalangan koʻrinishda, shuningdek pochta orqali hech qanday muammosiz buyurtma berish mumkin boʻldi. Ikamesi hattoki Xonsyuda ham kalmar ovlanadigan koʻplab bekatlarda sotiladi.

  1. "いかめし" (ja). Dijitaru Daijisen [Ikameshi]. Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. <!--->
  2. Yoshihiro Nishio「Ikameshi」,『Japanese regional cuisine』Chast 1(Hokkaido and Tohoku I), Government, 1986 god, str.76.
  3. Masuda Kitomi「seld・sardini・kalmari・・・vkus testa nailuchshiy」、『Japanese regional cuisine』Chast 1(Hokkaido and Tohoku I)、Government、1986 god、str.23。
  4. „いかめしは全国No1!駅弁王国“ (ja). 北海道ファンマガジン [ファンマガ] (2008-yil 16-iyun). Qaraldi: 2018-yil 28-aprel.