Davlat | Indoneziya |
---|---|
Konfederatsiya | AFC |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | Eng nufuzli turnir |
Tashkil etilgan | 25-iyul, 2019-yil |
Jamoalar soni | 10 ta |
Amaldagi chempion | Persib Putri |
Eng koʻp marta chempion | Persib Putri (1 marta) |
TV hamkorlar |
TVRI Mola telekanallari |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Joriy mavsum: 2022-yilgi Liga 1 Putri mavsumi |
Indoneziya ayollar 1-ligasi (indoneziya tilida: Liga 1 Putri, inglizcha: Womenʼs League One), Indoneziyadagi ayollar futbolining yuqori ligasi hisoblanadi. PSSI (Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan bu ligada oʻnta klub ishtirok etadi[1]. Indoneziya ayollar 1-ligasining ilk mavsumi 2019-yil 5-oktabrda boshlangan[2].
2019-yil 25-iyul kuni Jakartadagi barcha Liga 1 klubi vakillari bilan umumiy yigʻilishda PSSI raisi vazifasini bajaruvchi Ivan Budianto yangi Indoneziya ayollar 1-ligasi tashkil etilganini eʼlon qildi[3]. 2006-yildan beri Pertiwi kubogi Indoneziya ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi musobaqasi edi. Biroq, Indoneziya ayollar 1-ligasi bilan solishtirganda, Pertiwi kubogi uchun klublar emas, Indoneziya provinsiyalaridan kelgan tanlov jamoalari bahslashardi. Indoneziya ayollar 1-ligasi Indoneziya ayollar terma jamoasiga oʻyinchilarni tanlashda yordam berish va oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasidagi futbol raqobati muvozanatli boʻlishi uchun tashkil etilgan[4].
2019-yilda ariza bergan 18 ta jamoadan 10ta jamoa Indoneziya ayollar 1-ligasining birinchi mavsumida ishtirok etishini eʼlon qildi. BU jamoalar: Persija, PSM, Persib, TIRA-Persikabo, Bali United, Arema, PSIS, Persipura, PSS, Persebaya[5].
Indoneziya ayollar 1-ligasida birinchi davra uchun ikki guruhga boʻlingan holda oʻynaydigan 10 ta jamoa bor. Birinchi bosqichda barcha guruhlar har bir seriyasi beshta oʻyindan iborat toʻrt seriyali uy turnirini oʻtkazadilar. Eng yaxshi ikki jamoa yarim finalga yoʻl oladi. Yarim final va final oʻyinlari uy va safar formatida oʻtkaziladi[6].
Mavsum | Uy jamoasi | Hisob | Mehmon jamoa | Joy |
---|---|---|---|---|
2019 | Persib Putri | 3-0 | TIRA-Persikabo Kartini | Jalak Harupat stadioni, Bandung |
TIRA-Persikabo Kartini | 1-3 | Persib Putri | Pakansari stadioni, Cibinong | |
Persib Putri umumiy hisobda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi | ||||
2020 | COVID-19 pandemiyasi[7] tufayli mavsum oʻtkazilmadi. | |||
2021 | COVID-19 pandemiyasi[8] tufayli mavsum oʻtkazilmadi. |
Reyting | Jamoa | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Chempion boʻlgan mavsum | Ikkinchi oʻrinni olgan mavsum |
---|---|---|---|---|---|
1 | Persib Putri | 1 | 0 | 2019 | |
2 | TIRA-Persikabo Kartini | 0 | 1 | 2019 |
Yil | Toʻpurar | Klub | Gollar soni |
---|---|---|---|
2019 | Inshafadya Salsabillah | TIRA-Persikabo Kartini | 14 |
Yil | Oʻyinchi | Klub |
---|---|---|
2019 | Reva Octaviani | Persib Putri |
Yil | Oʻyinchi | Klub |
---|---|---|
2019 | Helsya Maeisyaroh | TIRA-Persikabo Kartini |
Indoneziya ayollar 1-ligasi oʻyinlari hozirda TVRI va Djarum Media kompaniyalarining kanallarida bepul efirga uzatiladi[9][10]. Indoneziya ayollar 1-ligasidagi jonli oʻyinlarni Indoneziyadan tashqarida ham TVRI veb-sayti va TVRI Klik ilovasi orqali tomosha qilish mumkin.