Iris kerneriana | |
---|---|
Ilmiy tasniflash![]() | |
Olam: | Oʻsimliklar |
Tip: | Yopiq urug'lilar |
Sinf: | Gulli o'simliklar |
Turkum: | Iris |
Kenja turkum: | Limniris |
Turlari: | Iris pseudacorus, Iris kerneriana, Iris sofarana |
Binar nomi | |
Kerner Iris |
Iris kerneriana — Iris turkumi, Limniris kenja turkumiga mansub oʻsimlik. U sariq gulli, kichik ildizpoyali koʻp yillik gul boʻlib, moʻtadil iqlimli mintaqalarda manzarali oʻsimlik sifatida keng oʻstiriladi. Kerner Iris nomi bilan tanilgan[1].
Iris kernerianani barglari nisbatan kattaroq boʻlgan boshqa tur — Iris halophila bilan adashtirishadi[2]. Gullarining rangi, gultojining shakli bilan ham ular oʻxshash[3]. Ildizpoyalari uzun va ingichka, sudraluvchi poyalar hosil qiladi[4]. Barglari ingichka, och yashil, yorqin rangli, uzunligi 30 sm gacha[5], kengligi 2-3 mm keladi[6]. Gulpoyasining uzunligi 20-45 smdan 55 smgacha oʻsadi[7][8]. Qancha uzun boʻlsa, gulpoyasi shunchalik shoxlanadi va 2-4 tagacha gul hosil qiladi[9]. Gullagandan keyingi poyasi keng, hoshiyali koʻrinishga oʻtadi. Gullari hushboʻy, bahorda va yozning boshida gul hosil qilib, maydan iyulgacha gullab turadi[10]. Ranglari koʻproq sariq (oltingugurt, limon, somon-sariq ranglarida) rangda[11]. Gullarning diametri 5-12 sm, gulbarglari soni 2 juft. Gul shakllari nayzasimon, sharsharasimon, poyaga egilib turadi[12].
Irislarning kopchiligi diploid toʻplamli boʻlib, ikkita xromosomaga ega. Bu xususiyatidan duragaylarni aniqlash uchun foydalaniladi. Xromosoma formulasi: 2n=18. Bu 1963-yilda La Cour va Lenz tomonidan aniqlangan.
Turkiya hududidan 2011-yilda 3 turdagi mahalliy uchrovchi Iris turlari oʻrganilgan. Iris pseudacorus, Iris kerneriana va Iris sofarana turlari Beyşehr va Trabzondan toʻplangan va xususiyatlari oʻrganilgan. Iris kerneriana gullari tarkibida kesil asetat (14,7%), longipinen (10,8%), dekanoik kislota (10,6%), geptakozan (10,2%), geksadekanoik kislota (9,5%) va 6-metil-5-gepten-2-on (7,1%) borligi aniqlangan[13].
2013-yilda Iris turlaridagi kimyoviy birikmalarni aniqlashda uning poyalari tarkibida b-temir va trans-bionon-5,6-epoksid moddalari mavjudligi ham isbotlangan. Bu esa uning shifobaxsh xususiyatlarini ochib beradi[14].
Iris kerneriananing vatani Gʻarbiy Osiyoning moʻtadil mintaqalari hisoblanadi[15]. U Shimoliy Turkiya, sharqda Boludan Erzurumgacha, janubdan Kaz Dag va Anqaragacha hududlarda uchraydi. Amasya atrofidagi Direkli, Yassucal, Abacu qishloqlarida hamda Armanistonda ham topish mumkin. Yashash muhiti moʻtadil boʻlib, dengiz sathidan 300-2300 m balandlikdagi joylar, jumladan ochiq qaragʻay oʻrmonlari, quruq oʻtloqlar, butazorlarda oʻsadi[16].
Iris kerneriana neytral va biroz kislotali, oziq-moddalarga boy tuproqlarda yaxshi oʻsadi[17]. Tarkibi ohakli tuproqlarni hush koʻrmaydi. Quyoshsevar oʻsimlik. Bahorda oʻsadigan joyi atrofida suv koʻp boʻlishi, kuzdagi uyqu davrida esa kamroq sugʻorishni talab qiladi. Iris turlarini bogʻlarda yetishtirish qiyin, ular koʻpincha yoʻl chetlarida, toshli bogʻlarda ekiladi[18].
Iris kerneriana poyasining boʻlishi yoki urugʻidan koʻpaytiriladi. Urugʻidan erta bahorda yoki kech qishda ekish yaxshi natija beradi. Urugʻlari unib chiqishi uchun nam sharoit talab qiladi. Urugʻlar bir necha oyda, uzoq vaqtda unib chiqadi[19].
Zaharliligi
Iris turlarining koʻpchiligining ildizpoyalari va barglari zaharli hisoblanadi. Isteʼmol qilinganda oshqozon ogʻrigʻi va qayt qilishga sabab boʻladi. Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish terining tirnalishida allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin[20].
Foydaliligi
Turk xalq tabobatida irisning navruz hamda su¨sen deb nomlangan turlari ildizpoyalaridan siydik haydovchi, diuretik damlamalar tayyorlashda foydalaniladi[21].