Iso ibn Mansur ar-Rofiqiy[1]( arabcha: ; 847-yilda vafot etgan) ar-Rofi'iy nomi bilan ham tanilgan[2]. Abbosiylar xalifaligi davrida Misr hokimi bo'lgan. 831-yildan 832-yilgacha va yana 843-yildan 847-yilgacha bu lavozimda faoliyat yuritgan.
Faoliyati
Isoning kelib chiqishi haqida Misrlik yilnomachi Ibn Tag‘ribirdiy: “Iso ibn Mansur ibn Muso ibn Iso ar-Rofiqiy, Qays Aylon qabilasining Banu Nasr ibn Muoviya mavlosi ” deb ta’riflagan[3]. 830-yilda u Misrning Havf tumanida Abdavayh ibn Jabala hokimligi davridagi qoʻzgʻolonni bostirishda qatnashganligini al-Kindiy o'z asarlarida aytib o'tgan[4]. Keyingi yili Abdavayh lavozimidan ketganidan soʻng, Iso Misr va Suriya maʼmuriyati boshqaruvchisi Abu Is'hoq (boʻlajak xalifa al-Muʼtasim, 833–842 yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan uning oʻrniga hokim etib tayinlangan[5].
Iso hokimyatga kelganiga ko'p bo'lmay, Quyi Misrdagi yirik qo'zg'olonga qarshi kurashishga majbur bo'lgan. U yerda mahalliy arablar va qibtiylar hukumatga qarshi chiqish uchun birlashganlar. Iso qo'zg'olonchilarga qarshi kurashishga tayyor bo'lgan, lekin u tezda o'z kuchlari juda zaif ekanligini anglagan va ularga chekinishga majbur bo'lgan. Tez orada al-Afshinning yordamchi kuchlari Kirenaikadan sharqqa qarab yurib, 831-yil iyul oyining oxirlarida al-Fustotga yetib kelgan. Nil daryosining mavsumiy suv toshqinining to‘xtashini kutganlaridan so‘ng, al-Afshin va Iso yo‘lga chiqib, qo‘zg‘olonchilar boshlig‘i Ibn Ubaydas al-Fihriy qo‘shinlariga to‘qnash kelgan va ularni mag‘lub etigan. Keyin Al-Afshin Nil deltasi orqali jang qilishni davom ettirgan va oxir-oqibat 832-yil yanvarda Iskandariyaga yetib borgan. Iso esa Fustatga qaytib ketib, yana yurish qilgan va Tumayda isyonchilarga qarshi bo'lgan kurashda g'alaba qozongan[6].
832-yilda xalifa al-Ma’mun (hukmronlik davri 813-833) Misrga shaxsan tashrif buyurishga qaror qilgan va fevral oyida viloyatga yetib kelgan. U yerda al-Ma’mun Isoni qattiq tanqid qilgan. Isoni qo‘zg‘olonning kelib chiqishida aybdor deb topgan hamda soliq yig‘uvchilarning xalqqa nisbatan zolimona munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlikda va viloyatdagi haqiqiy ahvolni yashirganlikda ayblagan. Isoning bayroqlari olib tashlangan va u Abbosiylarning qora rangidan farqli o‘laroq oq libos kiyishga majbur qilingan[7].Shuningdek, Iso Misr hokimligidan mahrum etilgan. Shundan so‘ng, al-Ma’mun va al-Afshin qolgan isyonchilarni mag‘lubiyatga uchratib, Ibn Ubaydusni qatl etishgan[8].
843-yilda Iso yana Misrning doimiy hokimi etib tayinlangan. Bu lavozimga dastlab turk generali Ashinas tayinlangan. 844-yilda Ashinas vafot etganida, Iso uning o'rniga Itaxga hisobot berib turgan. Keyinchalik, u Isoni hokim etib tayinlagan[9].
847-yil avgust oyida xalifa al-Mutavakkil (847-861 yillar hukmronligi) taxtga kelgach, Iso unga bay’at qilgan. Biroq, bundan ko'p o'tmay, oktyabr oyida u hokim lavozimidan bo'shatilgan va uning o'rniga Harsama ibn an-Nadr al-Jabaliy tayinlangan. Hokimyatdan ketganiga ko'p bo'lmay, Iso kasallikka chalingan va bir oydan so'ng vafot etgan[10].