Turi | Vakf Universiteti |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2009-yil |
Rektori | O'mer Ceran |
Talabalari | 42.894 ta |
Kampusi | Kavacık, Halich |
Veb-sayti | medipol.edu.tr |
Istanbul Medipol universiteti (turkcha: İstanbul Medipol Üniversitesi) Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan vaqf universitetidir. Universitet 2009-yilda Fahrettin Koca tomanidan asos solingan Turkiya taʼlim, sogʻliqni saqlash va tadqiqot fondi tomonidan tashkil etilgan. 2009-yil 7-iyulda Universitetni tashkil etish toʻgʻrisidagi 27281-sonli qaror Turkiya Rasmiy gazetasida eʼlon qilingan[1]. Universitet 12 ta fakultet, 1 ta kollej, 4 ta institut va 4 ta kasb-hunar maktabidan iborat[2]. 2023-yil holatiga koʻra, universitetda roʻyxatdan oʻtgan 42 894 talaba mavjud. Bakalavriat talabalari soni 27 657 nafar, magistratura bosqichida tahsil olayotganlar soni 1974 nafarni tashkil etadi. Aspirantura talabalari soni 12 759 nafar. Chet ellik talabalar soni 7779 nafarni tashkil etadi. Universitetda 1371 nafar akademik dars beradi va 2538 nafar maʼmuriy xodimlar ishlaydi[3].
Istanbul Medipol universiteti 2009-yil 7-iyulda Medipolitan Education and Health Foundation (hozirgi Turkiya Taʼlim, Salomatlik va Tadqiqot Jamgʻarmasi) tomonidan tashkil etilgan. Universitetning taʼlim faoliyati Halich va Kavacik kampuslarida olib boriladi[4]. Universitetning huquq fakulteti 2015-yilda Yevropa huquq fakultetlari uyushmasiga aʼzo boʻldi. Bu xalqaro platforma boʻlib, Yevropadagi huquq fakultetlari ishtirokida huquq taʼlimi bilan bogʻliq koʻplab masalalar muhokama qilinadi[5].
Istanbul Medipol universitetining Kavacık Kuzey, Kavacık Güney, Halich va Bağcılar kampuslarida kutubxonalar mavjud. 2023-yil holatiga koʻra kutubxonalarda 80 683 ta bosma kitoblar, 96 ta bosma jurnallar, 434 ta tezislar, 721 831 ta elektron kitoblar, 60 435 ta elektron jurnallar, 38 ta maʼlumotlar bazasi va 632 ta DVD toʻplamlari mavjud[6]. Kutubxonada 1950-yilgacha boʻlgan 38 ta kitobdan iborat noyob kolleksiya mavjud[7].
Istanbul Medipol universiteti 2022 Times Higher Education World University reytingida 1201+ oʻrinni egalladi. Xuddi shu nashr tomonidan tuzilgan yosh universitetlar reytingida +401-oʻrinni egalladi[8]. SCImago Journal Rank tomonidan 2022-yilgi Jahon Universitetlari reytingida 672-oʻrin va Turk Universitetlari reytingida 15-oʻrinni egallagan[9]. QS World University Rankings tomonidan tayyorlangan QS EECA University Rankings 2022 da 351-400 bandida oʻrin olgan[10].