Isʼhoq ibn Kundoj

Ishoq ibn Kundoj, Ibn Kun dojiq (?—893) — abbosiylar qoʻshinidagi turkiy amirlardan. Jasorati va koʻrsatgan qahramonliklari tufayli "Ishoq Kundashikan" ("Ishoq toʻnkayorar") nomi bilan shuhrat qozongan. Xalifalar Muʼtamid Alalloh (870— 892 yillarda hukmronlik qilgan) va Muʼtazid Billoh (892—902 yillarda hukmronlik qilgan) davrida Mosul va Jazira (Mesopotamiya) voliysi boʻlgan, amir Zanj va tuluniylar sulolasi asoschisi Ibn Tulun bilan birgalikda koʻplab jangu jadallarda qatnashgan.

I.i.K. vafot etgach, rivoyatlarga koʻra, Amudaryo boʻyida boʻlgan Gunbod qalʼasi yoniga dafn etilgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil