Ivan Huklek

Ivan Huklek
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
Tavallud sanasi 12-noyabr 1996-yil (1996-11-12) (28 yosh)
Boʻyi 1.80 m
Sport
Mamlakat Xorvatiya
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Klubi Sesvete
Murabbiy(lar)i Slavko Benchich

Ivan Huklek (1986-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik sportchi. Sportning yunon-rum kurashi turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

2007-yilda Zagrebdagi „Sesvete“ klubida Slavko Benchich murabbiyligi ostida kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2016-yilda faoliyatidagi dastlabki muvaffaqiyatga erishgan. Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. 2017-yil noyabr oyida Polshaning Bydgoszcz shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi jahon chempionatining finalida vengriyalik Erik Szilvássyga magʻlub boʻlgan va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[2]. 2018-yil iyulda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan U23 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Finalda ozarbayjonlik Islam Abbasovga imkoniyatni boy bergan va kumush medal sohibiga aylangan[3]. 2019-yilda Serbiyaning Novi Sad shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[4]. 2019-yil iyun oyining soʻngida Minsk shahridagi Yevropa oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bronza medali uchun vengriyalik Viktor Lőrinczga qarshi bahs olib borgan. 2021-yilning may oyida Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan saralash musobaqasida gʻalaba qozongan va olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[5]. Olimpiadaging yarim finaligacha boʻlgan yoʻlda amerikalik John Stefanowicz (5:3) va oʻzbekistonlik Rustam Assakalovni (4:1) magʻlub etgan. Yarim finalda ukrainalik Jan Belenyukka 1:7 hisobida magʻlub boʻlgan. Bronza medal uchun kechgan bahsda Serbiya sharafini himoya qilgan gruziyalik sportchi Zurabi Datunashviliga magʻlub boʻlgan va 5-oʻrinni egallagan[6].

2024-yilgi olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi saralash musobaqasida qatnashgan. Birinchi bosqichdayoq magʻlub boʻlgan va olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan[7].

  1. „Первенство Европы по борьбе среди юниоров-2016“. 2021-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  2. „Первенство мира до 23 лет — 2017“. 2021-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  3. „Ислам Аббасов стал чемпионом Европы по борьбе — ВИДЕО“. 2021-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  4. „Первенство Европы по спортивной борьбе до 23 лет-2019“. 2021-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  5. „Tokyo-202One: в греко-римской борьбе полный комплект лицензий только у кубинцев“. 2021-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  6. „Wrestling Results Book“. 2020 Summer Olympics. 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.(ingl.)
  7. „2024 European Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2024-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.