Jalgasbay Berdimuratov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
27-mart 1997-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | yunon-rum kurashi |
Medallar | |
Jalgasbay Karlibayevich Berdimuratov (tugʻ. 27-mart 1997-yil[1], Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2019-yilda kurash boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2020-yilda Osiyo chempionatida bronza, 2021-yilda esa Osiyo chempioni boʻldi.
2016-yilda Manila shahrida (Filippin) oʻtkazilgan kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 84 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 84 kg gacha vazn toifasida u bor-yoʻgʻi oʻn uchinchi oʻrinni egalladi[3].
2017-yilda kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 74 kg vazn toifasida finalda qirgʻizistonlik kurashchi Oqjol Mahmudovga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi[4]. Oʻsha yili Tampere shahrida (Finlandiya) oʻtkazilgan kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 74 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u sakkizinchi oʻrinni egalladi[5].
2018-yili Bishkek (Qirgʻiziston) shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 77 kg vazn toifasida u yarim finalda boʻlajak Osiyo chempioni xitoylik kurashchi Yang Binga imkoniyatni boy berib, atigi beshinchi oʻrinni egalladi[6].
2019-yili Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 77 kg vazn toifasida qozogʻistonlik polvon Asxat Dilmuhamedovni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[7][8][9]. Jalgasbay Berdimuratov kurash boʻyicha jahon chempionatida medal sohibi Tokiodagi (Yaponiya) yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya oldi[10]. Oʻsha yili Sian shahrida (Xitoy) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 82 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda boʻlajak Osiyo chempioni eronlik kurashchi Said Abdvaliga yutqazib, bor-yoʻgʻi beshinchi oʻrinni egalladi[11].
2020-yilda Nyu-Deli shahrida (Hindiston) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida u 82 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yarim finalda eronlik kurashchi Mehdi Ibrohimiyga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[12].
2021-yilda Olmaota (Qozogʻiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 82 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u final jangida Kalidin Asikeevga (Qirgʻiziston) qarshi chiqdi va 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[13]. 2021-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jalgasbay Berdimuratovni "Shuhrat" medali bilan taqdirladi[14].