Janubiy Dongting koʻli (xitoycha: 南洞庭湖), „Yanszi daryosining marvaridlari“ nomi bilan ham tanilgan[1] — Xitoyning Hunan provinsiyasi shimolida, Dongting koʻli hududida joylashgan yirik chuchuk suvli koʻl. Janubiy Dongting koʻli dunyodagi barcha botqoq yerlar umumiy maydonining taxminan sakkizdan bir qismini tashkil etadi[2]. Koʻl xalqaro miqyosda muhim botqoqlik sifatida qabul qilingan.
Janubiy Dongting koʻli Dongting koʻlining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, maydoni 1680-kvadrat kilometrni tashkil etadi. Hunan janubiy Dongting koʻli qoʻriqxonasi (qisqacha Janubiy Dongting koʻli qoʻriqxonasi) Xunan viloyati shimolidagi Dongting koʻlida , Yiyang shahridan 25-km va Yuanjiang shahridan 5-km uzoqlikda joylashgan. Maʼmuriy hududga Yuanjiang shahri, Ziyang tumani va Xeshan tumani kiradi. Muhofaza qilinadigan hudud ichki suv-botqoq yerlari boʻlib, suv-botqoq yerlarning asosiy turlari qatoriga: koʻllar, doimiy daryolar, sunʼiy botqoq yerlar va boshqalar kiradi. U 2, 3, 5 va 6-sonli xalqaro ahamiyatga ega botqoqliklarni belgilash standartlariga javob beradi. Yoʻqolib borayotgan turlarni asrab qolish maqsadida ushbu koʻl hududida 1997-yilda viloyat qoʻriqxonasi tashkil etildi va 2002-yilda u xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlari roʻyxatiga kiritilgan.
Janubiy Dongting koʻli ajoyib ekologik muhitga ega. Janubiy Dongting koʻli hududida 863-turdagi botqoq oʻsimliklari , 164-turdagi qushlar va 114-turdagi baliqlar yashaydi . Ular orasida birinchi darajali milliy muhofaza qilinadigan hayvonlarning 10-dan ortiq turlari mavjud, xususan, xitoy baliq turlari, oq turna , qalpoqli turna, xitoy mergansori ular sirasiga kiradi. Xuzjouning qamish maydoni 24 000-gektarni tashkil etadi, bu dunyodagi eng katta qamishzor hisoblanadi.
Xuzjouda oʻsadigan yovvoyi selderey , qushqoʻnmas va boshqa shu hududda oʻsadigan oʻsimliklar haqiqiy yovvoyi yashil taomlar boʻlib, odamlar tomonidan qadrlanadi.