Jazāk Allāh (arabcha: جَزَاكَ ٱللَّٰهُ, jazāka -llāh) yoki Jazāk Alllohu Xoyron (جَزَاكَ ٱللَّٰهُ خَيْرًا, jazāka -llāhu xoyron) arabcha minnatdorchilik ifodasi sifatida ishlatiladigan atama boʻlib, „Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin“ degan maʼnoni anglatadi.
Rahmatning umumiy tarzda qoʻllanilinilish soʻzi shukran (شُكْرًا) boʻlsa ham, Jazāk Alllah xoyron koʻpincha musulmonlarga nisbatan ishlatiladi.
Bu iboraga javob: va ʾiyyāk(i) (وَإِيَّاكَ), yoki va ʾiyyākum (وَإِيَّاكُمْ) „va sizga ham“ degan maʼnoni anglatuvchi jumla qoʻllanadi. Rasmiyroq javob: "va ʾantum fajazākumu llāhu xoyron" (وَأَنْتُمْ فَجَزَاكُمُ ٱللَّٰهُ خَيْرًا) shaklida boʻlib, bu „Seni ham Alloh seni yaxshilik bilan mukofotlasin“ deb tarjima qilinadi.