Jin Yujia 金羽佳 | |||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumoti | |||||||||||||||||||||||
Mamlakat | Singapur | ||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
6-fevral 1997-yil Xanchjou, Xitoy | ||||||||||||||||||||||
Yashash joyi | Singapur | ||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 1.72 m | ||||||||||||||||||||||
Ayollar & Aralash juftliklar | |||||||||||||||||||||||
Eng yuqori reyting |
51 (AyJ 15-iyun 2017) 72 (AJ 22-noyabr 2018) | ||||||||||||||||||||||
Joriy reyting |
80 (AyJ Crystal Wong bilan) 154 (Aj Andy Kwek bilan) (2-avgust 2022) | ||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Jin Yujia (xitoycha: 金羽佳; 1997-yil 6-fevralda tugʻilgan) — singapurlik ayol badmintonchi[1]. U Singapur milliy terma jamoasida doimiy badminton oʻyinchisi sifatida ham xalqaro turnirlarda qatnashadi.
Xanchjou shahrida tugʻilgan Jin Singapurga 2008-yilning boshida, 10 yoshida talaba boʻlish niyyatida kelgan edi, u bu paytda sportchi boʻlishni xayoliga ham keltirmagan. Jin Bedokdagi Yu Neng boshlangʻich maktabida oʻqigan va Tanah Merahdagi Anglican oʻrta maktabida O darajasi imtihonlarini tamomlagan[2].
Biroq, uning onasi Yang Nianhong badminton boʻyicha sobiq Xitoy milliy jamoasi oʻyinchisi boʻlganligi sababli, Jinni badminton sporti bilan dam olish uchun shugʻullanishga odatlantirgan edi. Oxir-oqibat, Jin badminton bilan jiddiy mashgʻulotlar olib borib, keyinroq yaxshi oʻyinlar ham koʻrsata boshladi. Shunday qilib, uning oʻyinlari Singapur terma jamoasiga doimiy oʻyinchi sifatida qoʻshilishiga turtki boʻldi.
2016-yilning noyabr oyida Jin Yujia Indoneziya badminton xalqaro musobaqasining ayollar juftlik bahslarida Putri Sari Devid Sitra bilan hamkorlik qilib, yarim finalda 0:2 hisobida (4-21, 13-21) Malayziyaga yutqazdi. Lin Yunru/Ye Zhengwen juftligi bilan birga eng yaxshi oʻyinchi nomiga ega boʻlib, Jin Yujia Hindistonning Haydarobod shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yil Hindiston xalqaro seriyasidagi turnirda oʻzining birinchi katta xalqaro gʻalabasini qoʻlga kiritdi[3]. 2018-yilgi Mangoliya xalqaro musobaqasida u aralash va ayollar juftlik bahslarida qoʻsh sovringa sazovor boʻldi[4].
2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Jin bronza medalini qoʻlga kiritdi; shuningdek, Singapur jamoasi Angliyani 3:0 hisobida magʻlub etib, aralash jamoaviy musobaqada bronza medallariga sazovoz boʻldi[5].
Ayollar juftligi
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2017 | Eron Fajr xalqaro turniri | Citra Putri Sari Dewi | Ren-ne Ong |
8-11, 13-11, 11-7, 8-11, 5-11 | Ikkinchi oʻrin |
2017 | Hindiston xalqaro turniri | Citra Putri Sari Dewi | Lim Ji Lin |
20-22, 21-9, 21-13 | Gʻolib |
2018 | Moʻgʻuliston xalqaro turniri | Citra Putri Sari Dewi | Gong Xue Xin |
21-16, 21-9 | Gʻolib |
2019 | Lao xalqaro turniri | Lim Ming Xui | Ruethaichanok Laisuan |
23-21, 12-21, 21-14 | Gʻolib |
2022 | Italiya xalqaro turniri | Crystal Wong | Xsu Ya-ching |
8-21, 8-21 | Ikkinchi oʻrin |
2022 | Denmark Masters | Crystal Wong | Yeung Nga Ting |
12-21, 17-21 | Ikkinchi oʻrin |
Aralash juftliklar
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2018 | Moʻgʻuliston xalqaro turniri | Bimo Adi Prakoso | Danny Bawa Chrisnanta |
21-11, 22-20 | Gʻolib |