Jodugarlar jangi | |
---|---|
![]() Anime logotipi | |
Rejissyor(lar) | Sunghoo Park |
Ssenariynavis(lar) | Gege Akutami |
Bastakor(lar) | Yoshimasa Terui Hiroaki Tsutsumi , Alisa Okehazama |
Studiya(lar) | MAPPA |
Chiqarilgan sanasi | 2020-yil, 3-oktiyabr |
Davomiyligi | 32 -seriya |
Mamlakat |
![]() |
Tillar | yaponcha, inglizcha |
Jodugarlar jangi – ushbu anime 2018-yilda Gege Akutami tomonidan yozilgan mangaga asoslangan boʻlib, Shueisha manga jurnalida bosib chiqarilgan. 2020-yilda esa MAPPA studiyasida seriali animesi yaratildi va birinchi bor Yaponiyaning MBS telekanalida namoish etildi. Jodugarlar jangi animesi ekshen, fentezi va syoʻnen janirlarida yaratilgan boʻlib, 17 yoshga toʻlgan tomoshabinlar koʻrishi tafsiya etilmaydi. Animening birinchi fasli 24 qisimdan iborat boʻlib, 2023-yilda ikkinchi fasli taqdim etildi.
Yuqori makatab oʻquvchisi Yuji Itadori hamma qatori oddiy bola edi. Lekin hayotida roʻy bergan voqea uning taqdirini oʻzgartirib yubordi. Uning kulub azolari afsonaviy Sukuna barmogʻini topib oladi. Barmoq solingan sehirli tilsim buzulgach uning ichidagi mahluq hammayoqni vayron etib, Itadori va uning sinifdoshlariga hujum qila boshlaydi. Bu vaqtda ibilislar laʼnatiga qarshi kurashuvchi Satoru Gojo ularni himoya qilish va laʼnatni yoʻq qilish uchun yetib keladi. Ammo bularni tezda tugashini hohlagan Itadori Sukunaning barmogʻini yutib yuboradi. Afsonaga koʻra Ryomen Sukuna isimli qudratli ibilisning tanasi boʻlaklarga boʻlinib ketgan va unga ega chiqqan mahuq va odamlarga katta kuch berilar edi. Sukuna tanasinig hamma qismiga ega chiqan mavjudod esa nihoyatda qudratli boʻlib, uni yengishning imkoni boʻlmasdi. Shunday qilib Itadori ham Sukunaning kuchiga ega boʻldi. Bundan xabar topgan laʼnatga qarshi kurashuvchi tashkilot zudlik bilan Itadorini oʻldirishga qaror qiladi lekin Gojo unga maʼlum shartlar qoʻyib uning oʻlim jazosini kechiktiradi. Shartga koʻra Itadori Sukunaning barcha qoldiqlarini topishi va ularni oʻz ichida saqlashi kerak boʻladi. Bu topshiriqni bajarishga tayyorgarlik koʻrish uchun Tokiyo sehirgarlar texnikumiga oʻqishga qabul qilinadi va Itadorining sarguzashtlari shu yerdan boshlanadi.