John Donvan | |
---|---|
Tavalludi | 1955 (yoshi 69–70) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori |
Faoliyat yillari | 1977–yildan buyon |
Turmush oʻrtogʻi | Ranit Mishori |
Bolalari | 2 |
John Donvan (1955-yilda tugʻilgan) jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori. Johnning eng koʻp sotilgan kitobi "In a Different Key: The Story of Autism" boʻlib, kitob Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan.
Donvan New York shahridagi Regis oʻrta maktabida oʻqigan. Soʻng Dartmuth va Columbia jurnalistikasi universitetini tamomlagan[1].
John Intelligence Squared US forumining asoschisi hisoblanadi. U televizor orqali Oksford Ittifoqi uslubidagi munozaralarda jamoatchilikni qiziqtirgan jiddiy mavzular boʻyicha mutaxassislar bilan suhbat qilardi.
Donvan jonkuyar boshlovchi edi. U 2013-yil Vashingtonda SpeakeasyDC homiyligida oʻzining „Lose the Kid“ nomli birinchi bir kishilik shousini premyerasini oʻtkazdi[2].
Bundan avval John ABC News telekanalida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. Jumladan, ABC Newsning Moskva va Londonda muxbiri[3], 1997-yil yanvarda tarmoqning Oq uy matbuot kotibi[4] hamda 1998-yilda Nightline jurnalining asosiy muhbiri[5] boʻlib ishlagan.
2016-yilda Donvan jurnalist va televizion yangiliklar prodyuseri Caren Zucker bilan hammualliflikda "In a Different Key: The Story of Autism" kitobini yozib tugatadi[6]. Ushbu kitobda sovuqqon ona nazariyasi va autizm epidemiyasi ehtimoli muhokama qilinadi[7]. Autizm tashxisi qoʻyilgan birinchi bola Donald Triplett boʻlib, kitobda uning ilk belgilari tahlil qilinadi[8][9].
Johnning translyatsiya ishi toʻrtta Emmy mukofoti, bir nechta Overseas Press Club mukofotlari, ikkita Cine Golden Eagles mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Osiyo-Amerikaliklar uchun Media Action Network tomonidan ham taqdirlangan[10]. Yozuvchi sifatida esa „In A Different Key: The Story of Autismi“ nomli ilmiy kitobi uchun 2017-yilgi Pulitser mukofoti sovrindori boʻlgan.