Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jung Jo-gook | ||
Tavallud sanasi | 23-aprel 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Buan, Janubiy Jeolla Provinsiyasi, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Gangwon FC | ||
Raqami | 9 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2010 | Anyang LG / FC Seoul | 156 | (50) |
2010—2012 | Auxerre | 16 | (2) |
2011—2012 | → Nancy (Ijara) | 20 | (2) |
2012—2015 | FC Seoul | 30 | (5) |
2013—2014 | → Ansan Police | 36 | (16) |
2016 | Gwangju FC | 31 | (20) |
2017—2019 | Gangwon FC | 105 | (36) |
2020 | Jeju United FC | 12 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2000 | Janubiy Koreya U17 | 3 | (3) |
2002—2003 | Janubiy Koreya U20 | 20 | (15) |
2003—2006 | Janubiy Koreya U23 | 10 | (3) |
2006 | Janubiy Koreya | 13 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
2021- | Jeju United FC | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jung Jo Gook (talaffuzi: Chjun Chjo Guk) (1984-yil 23-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, „Jeju United“ klubiga murabbiylik qiladi.
2003-yilda Daesin oʻrta maktabini tugatib, Jung Jo-Guk oʻzining ilk katta klubi „Seoul“ klubiga (oʻsha paytda Anyang LG Cheetahs nomi bilan atalgan) qoʻshilgan. Jung jamoada hujumchi sifatida oʻynagan. U oʻzining debyut mavsumida 32 oʻyinda 12 ta gol urgan va 2003-yilda K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Biroq, uning yaxshi oʻyinlari uzoqqa choʻzilmagan va 2007-yilgacha doimiy jarohati tufayli oʻz darajasida oʻynay olmagan. 2008-yilning ikkinchi yarmida u oʻzining jismoniy holatini qayt tiklagan va 14 uchrashuvda 8 ta gol urgan.
"Seoul" klubining K ligasi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berganidan soʻng Jung Fransiya Liga 1 jamoasi AJ Auxerre bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Auxerrening shartnoma taklifini qabul qilib, u Liga 1da harakat qiladigan uchinchi koreyalik futbolchi boʻlgan. 2010-yil 3-yanvarda Jung ikki yarim yillik shartnoma imzolagan[1][2]. U 2011-yilning 8-yanvarida ES Wasquehalga qarshi o‘yinda AJ Auxerre safida debyut qilgan[3]. 2011-yil 29-yanvarda Jung Liga 1da AJ Auxerre uchun debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan[4].
2010/2011-yilgi mavsumda Jung „Auxerre“ uchun safida zaxiradan 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Biroq, u 2011/2012-yilgi mavsumda Liga 1ning boshqa jamoasi AS Nansyga 2011-yil 16-sentyabrda mavsum oxirigacha ijaraga berilgan[5].
2012-yil 6-iyulda Jung Jo-gook „Seoul“ klubiga qaytib kelgan va 2015-yilgi mavsumga qadar harbiy xizmatni oʻtash uchun Ansan Police FCda toʻp surgan.
2016-yilning 11-yanvarida Jung Jo Gook „ Gwangju“ klubiga qo‘shilgan. U yaxshi mavsum oʻtkazgan va 31 liga oʻyinida 20 gol urib, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini yakunlagan. Bu natija tufayli u K ligasi eng yaxshi toʻpurari mukofotiga sazovor boʻlgan.
Jung Jo-Gook oʻzining milliy termadagi faoliyatini 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan boshlagan, barcha yosh toifalarida (U-20 va U-23) ishtirok etgan va hozirda kattalar terma jamoasida oʻynaydi. Shu vaqt ichida u 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2006-yil 16-avgust | Zhongshan futbol stadioni, Taypey, Tayvan | Xitoy Taypeyi | 2 — 0 | 3-0 | 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
2. | 2006-yil 6-sentyabr | Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya | Xitoy Taypeyi | 2 — 0 | 8-0 | 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
3. | 4 — 0 | |||||
4. | 8 — 0 |
Klub | Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
Janubiy Koreya | Liga | KFA Kubogi | Liga Kubogi | Osiyo | Jami | |||||||
2003 | Anyang LG Cheetahs | K Liga | 32 | 12 | 0 | 0 | - | - | 32 | 12 | ||
2004 | FC Seoul | 18 | 2 | 2 | 5 | 12 | 6 | - | 32 | 13 | ||
2005 | 16 | 3 | 2 | 1 | 10 | 0 | - | 28 | 4 | |||
2006 | 17 | 4 | 3 | 1 | 10 | 2 | - | 30 | 7 | |||
2007 | 12 | 2 | 3 | 0 | 7 | 3 | - | 22 | 5 | |||
2008 | 14 | 8 | 0 | 0 | 7 | 1 | - | 21 | 9 | |||
2009 | 21 | 7 | 1 | 1 | 4 | 0 | 7 | 4 | 33 | 12 | ||
2010 | 26 | 12 | 1 | 0 | 3 | 1 | - | 30 | 13 | |||
Fransiya | Liga | Fransiya Kubogi | Liga Kubogi | Yevropa | Jani | |||||||
2010—11 | AJ Auxerre | Liga 1 | 15 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 16 | 2 | |
2011—2012 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | |||
2011—2012 | AS Nancy (Ijara) | 20 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | 21 | 2 | ||
Janubiy Koreya | Liga | KFA Kubogi | Liga Kubogi | Osiyo | Jami | |||||||
2012 | FC Seoul | K Liga | 17 | 4 | 0 | 0 | - | - | 17 | 4 | ||
2013 | Ansan Police FC | K Liga | 24 | 9 | 1 | 0 | - | - | 25 | 9 | ||
2014 | 11 | 7 | 0 | 0 | - | - | 11 | 7 | ||||
2014 | FC Seoul | K League | 2 | 0 | 1 | 0 | - | N/A | N/A | 3 | 0 | |
2015 | FC Seoul | 11 | 1 | 1 | 2 | - | 6 | 2 | 18 | 5 | ||
2016 | Gwangju FC | 31 | 20 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 31 | 20 | ||
Jami | FC Seoulda faoliyatida | 186 | 55 | 14 | 10 | 53 | 13 | 13 | 6 | 266 | 84 | |
AJ Auxerredagi faoliyatida | 16 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 2 | ||
AS Nancydagi faoliyatida | 20 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 21 | 2 | ||
Ansan Police FCdagi faoliyatida | 35 | 16 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 36 | 16 | ||
Gwangju FCdagi faoliyatida | 31 | 20 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 31 | 20 | ||
Karyerada jami | 288 | 95 | 17 | 10 | 53 | 13 | 13 | 6 | 371 | 124 |
FC Seoul