Juulia Turkkila | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Juulia Turkkila |
Davlat | Finlandiya |
Boʻyi | 163 |
Sherigi | Matthius Versluis |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 185.19 |
Qisqa dastur | 71,92 |
Erkin dastur | 113.27 |
Juulia Turkkila (Talaffuzi: Yuliya Turkkila; 1994-yil 3-noyabr, Helsinki) — Finlandiyalik figurali uchuvchi. Sport faoliyatining boshida yakka holda figurali uchish musobaqalarida qatnashgan. Juulia 2011-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Finlandiya chempioni, kattalar oʻrtasida 2014-yilgi Finlandiya chempioni, kattalar oʻrtasida Finlandiya chempionatining ikki karra kumush medali sovrindori (2012 — 2013).
Juulia 2016-yil bahoridan boshlab Matthius Versluis bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashmoqda. Juftlik 2019-yilda Finlandiya chempioni va muz ustida raqs boʻyicha milliy chempionatning ikki karra kumush medali sovrindori (2017, 2018) boʻlgan. 2018-yil 11-dekabr holatiga koʻra, bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 43-oʻrinni egallagan[1].
Juulia Turkkila Helsinkining „Helsingin Luistelijat“ sport klubida figurali uchish bilan shugʻullanadi . U yilning koʻp qismini Helsinkida, yozni esa Tartuda (Estoniya) mashq qilib oʻtkazadi.
Tarja Sipilä Juuliaga murabbiylik qilgan. Juulia ilgari murabbiyTiiu Valgemäe qoʻl ostida mashq qilgan
Juulia 2013—2014-yilgi mavsumni Italiyada oʻtkazilgan Lombardiya kubogida boshlagan va u yerda qatnashib beshinchi oʻrinni egallagan[2].
Juulia 2016-yilning bahorida, mavsum yakunida yakka holda konkida uchuvchi Matthius Versluis bilan juftlashdi va birga muz ustida raqs musobaqalarida chiqishga qaror qilishdi.
Bu juftlik noyabr oyi boshida Dortmundda oʻtkazilgan turnirda debyut qilib, oltinchi oʻrinni egalladi va darhol qitʼa bosqichiga yoʻllanma oldi. Noyabr oyining oxirida juftlik Tallin Trophy musobaqasida ishtirok etdi va u yerda uncha yahshi natijaga erishmadi. Shundan soʻng Finlandiya chempionati boʻlib oʻtdi, unda juftlik kumush medallarni qoʻlga kiritdi. 2017-yil fevral oyining boshida sportchilar Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Universiada oʻyinlarida ishtirok etishdi va musobaqada muvaffaqiyatsiz chiqish qilib, sakkizinchi oʻrinni egalladilar. Fevral oyi oʻrtalarida Finlandiya juftligi Obersdorfda boʻlib oʻtgan Bavariya kubogi turnirida qatnashdi va u yerda yigirmanchi oʻrinni egalladi.
Sentyabr oyida Juulia/Matthius juftligi Bergamoda oʻtkazilgan Olimpiya mavsumini boshladi va Lombardiya kubogida qatnashib, kuchli oʻntalikka kirishdi. Oktyabr oyining boshida Espooda oʻtkazilgan Finlyandia Trophy turnirida juftlikning chiqishi unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi va ular oʻn ikkinchi oʻrinni egalladilar. Oktyabr oyi oʻrtalarida Nice shahrida boʻlib oʻtgan City Cup musobaqasi ham unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi, turnirda jufrlik oʻn uchinchi oʻrinni egalladi. Bir oy oʻtgach, Avstriyaning Grats shahrida boʻlib oʻtgan turnirda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Milliy chempionatda ular ikkinchi marta chempion boʻlishdi.
Musobaqalar/mavsum | 2016 — 2017 | 2017 — 2018 | 2018 — 2019 |
---|---|---|---|
Jahon chempionatlari | 16 | ||
Yevropa chempionati | 11 | ||
Gran-pri bosqichlari. Xelsinki | 6 | ||
Tallin Trophy | 13 | ||
Lombardia Trophy | 10 | 6 | |
Finlandia Trophy | 15 | 6 | |
Qishki Universiada | 8 | 4 | |
CS Nepela kubogi | 7 | ||
Nice Cup | 13 | ||
Kubok SR-V | 6 | ||
Bavariya kubogi | 11 | 6 | 3 |
Nice Cup | 13 | ||
Egna Cup | 5 | ||
Gratsdagi turnir | 3 | ||
Ice Star | 2 | ||
Andorra kubogi | 5 | ||
Warsaw Cup | 3 | ||
Finlandiya chempionati | 2 | 2 | 1 |
Fasllar | 2008 — 2009 ㅤ | 2009 — 2010 ㅤ | 2010 — 2011 ㅤ | 2011 — 2012 ㅤ | 2012 — 2013 ㅤ | 2013 — 2014 ㅤ | 2014 — 2015 ㅤ | 2015 — 2016 ㅤ |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jahon chempionatlari | 20 | 18 | 31 | 29 | ||||
Yevropa chempionati | 15 | 17 | 17 | 12 | ||||
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 16 | 19 | ||||||
Finlandiya chempionati | 4J | 1J | 2 | 2 | 1 | 3 | ||
Nebelhorn Trophy | 9 | 14 | 6 | 10 | ||||
Finlandia Trophy | 6 | 6 | 7 | 7 | 12 | |||
Warsaw Cup | 6 | |||||||
icechallenge | 10J | 7 | 9 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Estoniya | 13 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha | 13 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya | oʻn | |||||||
Warsaw Cup | 8N |