Karaz ibn Jobir al-Fihriy yurishi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Karaz ibn Jobir al-Fihriy | Nomaʼlum |
Karaz ibn Jobir al-Fihriy yurishi[3] milodiy 628-yil fevralda (hijriy 6-yilning 10-oyi) boʻlib oʻtgan[4][5]. Hujum musulmonlarni oʻldirgan 8 nafar qaroqchilarga qaratilgan. Islomiy manbalarga koʻra, sheriklarining xunini olish uchun qolgan musulmonlar qaroqchilarni tutib, ularni xochga mixlaganlar[2][6]. Qur’onning Moida surasi oyatlaridan birida ayni shu voqea haqida yer yuzida yomonlik qiluvchilarning jazosi aytib oʻtilgan[7][8].
Banu Urayna qabilasidan 8 kishi Muhammadning oldiga kelib, Islomni qabul qilishlarini aytadi. Ular Madinada qolishga qaror qilishadi, lekin shahar iqlimi oʻzlariga mos kelmasligini koʻrib, yaqin atrofdagi yaylovlardan biriga chodir tikishlarini soʻrashadi. Keyin esa ozod etilgan qul, Muhammadning Yasar ismli choʻpniga hujum qilishadi, uni oʻldirib, koʻzlarini oʻyib olishadi va tuyalarni haydab yuborishadi.
Bu xabar Muhammadga yetib boradi va u Karaz ibn Jobir al-Fihriy boshchiligidagi 20 nafar musulmonlar guruhini ularning ortidan joʻnatadi. Musulmon askarlari ularni tutib, Muhammadning oldiga olib keladi, qoʻl-oyoqlarini kesilib, koʻzlari qizdirilgan temir bilan oʻyilib, kaltaklab, qilmishlari uchun to oʻlguncha toshloq yerga tashlab qoʻyadilar[2][9].
Musulmon olimi Muhammad ibn Abu Bakrning soʻzlariga koʻra, ayblanuvchilar 8 kishi boʻlishgan[10][11].
Ushbu voqea haqida Qur’onda Allohga qarshi urush qilish va oʻgʻirlik jazosi haqidagi oyatlar nozil boʻlgan[7].
Musulmon boʻlmagan tarixchi Sir Wiliam Muir tomonidan ushbu voqea qattiq tanqid qilinib, „sakkiz qaroqchining vahshiylarcha qatl etilishi“ deya taʼrif berilgan[9]. Ammo qaroqchilar Muhammadning ozod qilingan quli Yasarni oʻldirganliklari uchun tenglik qonuni ostida jazolanganlar.