Karl Pauker

Karl Viktorovich Pauker
Tavalludi 12-yanvar, 1893-yil
Lemberg, Avstriya-Vengriya
Vafoti 14-avgust, 1937-yil (44 yosh)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya

Karl Viktorovich Pauker (1893-yil 12-yanvar, Lemberg, Avstriya-Vengriya – 1937-yil 14-avgust, Moskva, SSSR) – Sovet razvedka xizmatlari katta ofitseri[1], Stalin xavfsizlik xizmati rahbari[2], 2-darajali davlat xavfsizlik komissari[3].

Karl Viktorovich Pauker 1893-yil 12-yanvarda Avstriya-Vengriya tarkibidagi Lenberg shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻz uyida olgan. U Budapeshtda 1906-yildan 1912-yilgacha sartarosh, 1912-yildan 1914-yilgacha qandolatchi boʻlib ishlagan.

1914-yili Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, armiyaga chaqirilgan. Galisiyadagi 1-harbiy polkida jang qilgan. 1915-yil rus qoʻshinlari tomonidan asirga olinib, Turkiston asirlar lagerida saqlanadi. Samarqand viloyatida sodir boʻlgan baynalminalistik asirlar harakati ishtirokchisi. Karl Pauker 1917-yil ozodlikka chiqdi. Ozodlikka chiqqandan soʻng, Samarqandda sartaroshlik va tikuvchilik bilan shugʻullandi. U 1917-yildan Rossiya ijtimoiy demokratik partiyasi aʼzosi[4]. 1917-yildan 1918-yilgacha Samarqand harbiy komendanti yordamchisi lavozimida ishladi. 1918-yil dekabr oyida Samarqand boshqaruv organi xodimi lavozimi egalladi. 1919-yil yanvar oyidan 1920-yil boshigacha maxfiy operativ boʻlinma boshligʻi sifatida ishlay boshlaydi. Karl Pauker 1920-yil Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasi safiga chaqirtiriladi. Oʻsha yilni oʻzida, 12-armiyaning 46-piyoda diviziyasining Polsha boʻyicha boshligʻi sifatida ish boshladi. Karl Pauker 1935-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.

Karl Pauker 1937-yil 15-aprelda partiya safidan chiqarib yuborilgan. 19-aprelda esa, Stalinga suiqasd qilishga tayyorgarlik koʻrganlikda ayblanib, hibsga olingan. 1937-yil SSSR Oliy sudi Harbiy kengashi uni oʻlimga huk qildi. Shu kuni Moskva shahridagi Kommunarka poligonida otib oʻldirilgan.

  1. Simon Montefiore. Stalin: dvor krasnogo monarxa. – S. 79. – M.: Olma-Press, 2006. – ISBN 5-224-04781-1
  2. „karl-pauker za chto stalin kaznil nachal“. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  3. „Карл Викторович Паукер“. hnoro.ru. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  4. „Карл Паукер“. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.