Katie George | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (ayol) |
Tavallud paytidagi ismi | Katie Louise George |
Fuqaroligi | Angliya |
Tavallud sanasi |
7-aprel 1999-yil Haywards Heath, West Sussex, Angliya |
Veb-sayti | https://cricketarchive.com/Archive/Players/995/995905/995905.html CricketArchive |
Sport | |
Qaysi sport | (Kriket) |
Klubi | (Welsh Fire) |
Faol tomoni | (oʻnaqay) |
Katie Louise George (1999-yil 7-aprelda tugʻilgan) — ingliz kriketchisi, Xempshir, Western Storm, Welsh Fire va Angliya terma jamoalarida oʻynagan[1]. Oʻng qoʻl va chap qoʻl bilan bouler hisoblanadi. Katie Xempshirda 2013-yilda debyut qilgan[2]. U Angliya terma jamoasi safida 5 ta T20I va 2 ta ODI musobaqalarida qatnashgan va 2018-yilda jahon sahnalarida debyut qilgan[3].
George 1999-yil 7-aprelda Gʻarbiy Sasseks shtatidagi Haywards Heath shahrida tugʻilgan[1].
George Xempshir uchun debyutini 2013-yilgi Ayollar okrugi chempionatining pley-off oʻyinida Oksfordshirga qarshi oʻtkazgan[2]. U ikkita darvozani ishgʻol qilgan va 18 ta gol urgan, ushbu oʻyinda uning jamoasi 5 ta gol bilan gʻalaba qozongan[4]. 2015-yilgacha yana musobaqalarda ishtrok etmagan, ammo okrug chempionatida ham, Twenty 20 kubogida ham muvaffaqiyatli mavsumni oʻtkazgan va mos ravishda 8 va 7 darvozasini ishgʻol qilgan[5][6]. Shundan soʻng George Xempshir jamoasi nomidan muntazam oʻyinlarni oʻtkazgan va 2018-yilgi chempionatda gʻalaba qozongan mavsumda ikkinchi eng yuqori darvozabon deb topilgan[7][8].
George 2016 va 2018-yillar oraligʻida Ayollar Kriket Superligasida Janubiy Vipers jamoasining bir qismi boʻlib, 2016-yilda ular bilan turnirda gʻolib chiqqan[9]. 2019-yilda Yorkshire Diamonds jamoasi nomidan ishtirok eta boshlagan va 6,85 ball bilan 4 ta darvozani ishgʻol qilgan[10].
2020-yilda George Rachael Heyhoe Flint Trophy musobaqasida „Western Storm“ uchun ikkita oʻyin oʻtkazgan va ikkita darvozani ishgʻol qilgan va 19 ta gol urgan[2]. Jarohati uni 2021-yilgi mavsumda zarba berish bilan cheklab qoʻygan, u yerda „Vest Storm“ safida bitta Rachael Xeyhoe Flint Trophy oʻyinida mayonga tushgan, 37 gol va beshta Sharlotta Edvards kubogida oʻynagan, 87 ta yugurish, shu jumladan 47 * gol urib, jamoasi North West Thunder ustidan gʻalaba qozongan[11][12][13]. Shuningdek, The Hundredda Welsh Fire uchun 8 ta oʻyin oʻtkazgan[14].
2022-yil aprel oyida uni Welsh Fire kompaniyasi „Yuzlik“ ning 2022-yilgi mavsumi uchun sotib olgan[15].
2018-yilning mart oyida George Hindiston va Avstraliyaga qarshi uch seriya uchun Angliya terma jamoasiga kiritilgan[16]. Seriyadan oldingi tayyorgarlik oʻyinida George Hindiston ayollar jamoasiga qarshi xet-trik qilgan[17]. U uch seriyada uchta oʻyin oʻtkazgan, ammo ustunlik jihatlariga taʼsir oʻtkaza olmagan[18].
2018-yil iyun oyida George Angliyaning Yangi Zelandiya va Janubiy Afrikaga qarshi uch seriyasining bir qismi uchun tarkibga kiritilgan[19]. U ikkita oʻyin oʻtkazgan. Va yana Amy Satterthwaite xalqaro miqyosdagi Georgening birinchi musobaqasi edi[20][21].
2018-yil 7-iyulda Yangi Zelandiya ayollariga qarshi keyingi seriyada Angliya ayollari uchun Xalqaro kriket (WODI) debyutini oʻtkazgan va bitta darvozabonni olgan[22]. U seriyaning ikkinchi oʻyinida yaxshiroq oʻyin koʻrsatgan va „alohida“ uloqtiruvchilardan biri deb topilgan, chunki u 7 tadan 3/36 ball toʻplay olgan edi..[23]
2019-yil fevral oyida George Angliya va Uels Kriket Kengashi (ECB) tomonidan 2019-yil uchun yangi oʻyinchi bilan shartnoma imzolagan va 2020-yilda u COVID-19 pandemiyasidan keyin mashgʻulotlarni boshlash uchun 24 oʻyinchidan iborat tarkibga kiritilgan, ammo hali mayfonda tushmadi. Angliya uchun yana bir oʻyin oldinda uni kutib turibdi[24][25].