Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kaylin Christen Swart | ||
Tavallud sanasi | 30-sentyabr 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Port Elizabeth,Janubiy Afrika | ||
Boʻyi | 1.64 cm | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018 | Des Moines Menace | 2 | (0) |
2021 | JVW FC | ||
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Janubiy Afrika U17 | 3 | (0) |
2016- | Janubiy Afrika | 15 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Kaylin Christen Swart(talaffuzi: Keylin Svart) (1994-yil 30-sentabrda tugʻilgan) — Janubiy Afrikalik futbolchi, Janubiy Afrika ayollar terma jamoasi darvozaboni[1]. U yaqinda Johannesburgning JVW FC jamoasi bilan shartnoma imzolagan[2].
Swart 1994-yil 30-sentyabrda Janubiy Afrikaning Port Elizabeth shahrida tugʻilgan[3][4].
Swart oʻzining yoshlik faoliyatini Janubiy Afrikadagi Springs Home Sweepers FC jamoasida boshlagan. 2010-yilda Trinidad va Tobagodagi FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[5].
Kaylin oʻz faoliyatini AIB biznes kolleji jamoasida boshlagan, ammo keyinroq 2015-yilda Menlo Oaks jamoasida oʻynash uchun Menlo kollejiga oʻtgan. U Menlodagi birinchi mavsumida 19 ta oʻyinda maydonga tushgan va 17 ta gol kiritgan[6]. 2016-yilda Kaylin 18 ta o‘yinda maydonga tushgan. U oʻrtacha hisobda 828 gol urib, oʻtgan yilgi rekordini yangilab, Menlo kolleji tarixidagi eng yaxshi oʻyinchiga aylangan. 2017-yilda u 16 oʻyinda maydonga tushgan. Oʻsha mavsumda Kaylin 6-4-3 rekordni qayd etgan. U 2017-yil 19-oktabrda Masters universitetiga qarshi o‘yinida o‘zining birinchi assistentini amalga oshirgan[7][8][9].
Uning ilk xalqaro maydondagi oʻyini 2016-yilning 9-iyulida AQSh futbol jamoasiga qarshi boʻlgan. U 2018-yilgi Ayollar Afcon musobaqasida Janubiy Afrika ayollar futbol jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan.
Kaylin Menlo tarixidagi posbonlar orasida eng yaxshi natija egasi hisoblanadi (jami 19 ta darvoza daxlsizligini saqlagan). U uch karra All-GSAC aʼzosi, uch karra NSCAA butun mintaqaviy oʻyinchisi unvonlarini qoʻlga kiritgan[7].