Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kevin Nana Yaw Berkoe[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-iyul 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Redbridge, Angliya | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Salford City | ||
Raqami | 23 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Chelsea | |||
2017—2019 | Wolverhampton Wanderers | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019—2020 | Oxford United | 0 | (0) |
2019—2020 | → Oxford City (ijara) | 17 | (2) |
2020 | Salford City | 3 | (0) |
2021 | → AFC Telford United (ijara) | 8 | (0) |
2022 | → Altrincham (ijara) | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 26-sentyabr uchun) |
Kevin Nana Yaw Berkoe (talaffuzi: Kevin Nana Yav Berko) (2001-yil 5-iyulda tugʻilgan)—angliyalik professional futbolchi. Kevin Berkoe Ikkinchi liga vakili „Salford City“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Kevin Berkoe oʻz faoliyatini „Chelsea“ va „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubining yoshlar akademiyalarida boshlagan. Shundan soʻng,Kevin Berkoe 2019-yilda „Oxford United“ futbol klubi bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Oʻsha mavsumda Kevin Berkoe „Oxford City“ futbol klubi safida ijara shartnomasi asosida oʻynagan.Keyin 2020-yilda Berkoe klubni tark etgan va „Salford City“ futbol klubiga oʻtgan.
Kevin Berkoe yoshligida „Chelsea“ va „Wolverhampton Wanderers“ futbol klublarining yoshlar jamoasida oʻynagan. U 2019-yilning mart oyida „Sunderland“ futbol klubi safida sinovdan oʻtgan, ammo may oyida „Oxford United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. Klubga qoʻshilishga rozilik bildirganidan soʻng, „Oxford United“ futbol klbi menejeri Karl Robinson Kevin Berkoeni „tezkor, texnik jihatdan juda yaxshi oʻyinchi“ deb taʼriflagan[3]. Kevin Berkoe 13-avgust kuni EFL kubogi birinchi davrasida „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining „Oxford“ futbol klubidagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan[4]. 22-noyabr kuni Kevin Berkoe „Oxford City“ futbol jamoasiga 28 kunlik ijara asosida qoʻshilgan[5]. 17-dekabr kuni Kevin Berkoe klub uchun birinchi golini „St Albans City“ futbol klubi boʻlib oʻtgan uchrashuvda (3:3 hisobida durang) raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan[6]. Keyingi haftada Kevin Berkoening klubdagi ijara muddati 2020-yil yanvar oyi oxirigacha uzaytirilgan[7]. 2020-yil yanvar oyida Kevin Berkoe yana bir oyga klubda qoladigan boʻlgan[8].
Kevin Berkoe 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Oxford United“ futbol klubini tark etgan[9]. Kevin Berkoe 2020—2021-yilgi mavsum uchun „Salford City“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[10]. 2021-yil 25-sentyabrda Kevin Berkoe Milliy liga vakili „AFC Telford United“ futbol klubiga bir oyga ijaraga oʻtgan[11]. U 2021-yil 12-noyabrda „Salford City“ futbol klubi safiga chaqirib olingan[12].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Oxford United | 2019—2020 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 |
Oxford City (ijara) | 2019—2020 | Janubiy milliy liga | 17 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 2 |
Salford City | 2020—2021 | Ikkinchi liga | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 |
2021—2022 | Ikkinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | ||
AFC Telford United (ijara) | 2021—2022 | Shimoliy milliy liga | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 |
Jami | 25 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 31 | 2 |
![]() ![]() |