Kia Pegas (AB) | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Kia Motors |
Boshqa nomlari | Kia Soluto |
Model yili | 2017 - yildan hozirgi kungacha |
Tasnifi | |
Komponovkasi | Layout old dvigateli, old g'ildiragi |
Platformasi | Hyundai-Kia PB |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli | Kappa II MPI |
Transmissiyasi |
5 tezlik qo'lda uzatish 4 tezlik avtomatik uzatish |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2570 mm |
Uzunligi | 4300 mm |
Kengligi | 1700 mm |
Balandligi | 1460 mm |
Eksteryer | |
Kuzov turi | 4‑dv. sedan |
Kia Pegas — Janubiy Koreyaning Kia Motors korporatsiyasi tomonidan 2017 yildan beri ishlab chiqarilgan oʻrta oʻlchamli sedan avtomobil[1][2].
Kia Pegas birinchi marta 2017-yilgi Shanxay avtosalonida taqdim etilgan. Model PB platformasiga asoslangan. Kappa II MPI benzinli ichki yonish dvigateli bilan jihozlangan.
Pegas K2/Rio sedanining oldingi avlodi platformasida yaratilgan va quvvati 95 ot kuchiga ega 1,4 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Vites qutilari — besh pogʻonali mexanik yoki toʻrt pogʻonali avtomat[3].
Bundan tashqari avtomobil zamonaviy koʻrinishga ega ichki dizayni ham uning sotuvini ochirgan. Elektronlashgan boshqaruv mexanizmi ham qolgan modellarga nizbatan ancha takomillashtirilgan.
Dvigatel ham Kia avtomobillarining eng oxirgi variantida qo'llanilgandek o'rnatilgan va vaznni kamaytirish uchun hajmi kichiklashtirilgan. Bu modelning tezligini oshirishga ham yordam bergan.
2019-yil dekabr va 2020-yil dekabr oylarida model yangilandi. 2019-yilgi modernizatsiyada yoritish uskunalari, bamperlar va radiator panjara oʻzgartirildi. 2020-yilda radiator panjarasining dizayni modernizatsiya qilindi, avtomobilning ichki qismiga oʻzgartirishlar kiritildi. 2020-yilgi modernizatsiya avtomobilni kompaniyaning yangi korporativ uslubiga moslashtirish uchun amalga oshirildi.
Xitoyda model 2017-yil avgustidan[4], 2018-yildan esa model Misrda sotila boshlandi. Filippinda model 2019 yil 30 yanvarda Kia Soluto[5][6][7][8] nomi bilan taqdim etilgan. Vetnamda model 2019-yil sentabr oyidan sotuvga chiqarildi[9]. 2020-yil 18-sentabrdan model Bruneyda, 2021-yil 14-iyundan esa Janubiy Afrikada sotiladi[10].