Kids Diana Show[1] | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||||||||
Tugʻilishi |
Eva Diana 31-mart 2014-yil | |||||||||||||||
Millati | Ukrain[1] | |||||||||||||||
Kasbi | YouTuber | |||||||||||||||
YouTube maʼlumoti | ||||||||||||||||
Kanal | ||||||||||||||||
Faoliyat yillari | 2015-hozirgacha[1] | |||||||||||||||
Janr | Bolalar, kattalar | |||||||||||||||
Obunachilar | 61.9 million | |||||||||||||||
Jami koʻrishlar | 36.5 milliard | |||||||||||||||
Kanal | AIR[2] | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Yangilangan 27 August, 2020 |
Kids Diana Show — rus va ingliz tillaridagi YouTube kanal boʻlib, unda Diana ismli qiz, uning oilasi va doʻstlari bilan oʻynagan video lavhalari aks etgan. 2020-yil avgust oyining oxiridagi maʼlumotlarga koʻra kanaldagi obunachilar soni 62.1 million va videolardagi koʻrishlar soni 36.8 milliarddan koʻproqni tashkil etadi, shu bilan birga ushbu kanal Ukrainadagi eng koʻp obunachisi bor kanal hisoblanadi. Bundan tashqari YouTubedagi eng yirik kanallar orasida 14-oʻrin va bolalar kanallari orasida esa 4-oʻrinda turadi.[3][4]
Diananing dastlabki videolari bolalar qoʻshiqlari, ingliz tilini oʻrganish, oʻyinchoqlarni ochish hamda koʻrib chiqish va videoblogingga bagʻishlangan. Soʻnggi videolarda asosan Diana va uning ukasi Roma shirinlik yeyayotgani tasvirlangan.[2]
Diananing ukasi Roma ★ Kids Roma Show nomli kanalga ega.[2][3]
2019-yilda Business Insider ushbu kanalning yillik daromadi 2.8 million dollardan 44.7 million dollargacha boʻlganligini taxmin qildi.[5]
Kids Diana Show va Kids Roma Show YouTube kanallari Ukrainaning „AIR“ tarmogʻining bir qismiga kiradi.[6]