Kim St-Pierre | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xokkey shon-sharaf mukofoti, 2020 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() St-Pierre Kanada safida, 2007-yil | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan joyi |
14-dekabr 1978-yil Châteauguay, Quebec, Kanada | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 5 ft 9 in (175 cm) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ogʻirligi | 155 lb (70 kg; 11 st 1 lb) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | Darvozabon | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Katch | Chap | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻynagan jamoalari |
McGill Martlets Montreal Stars | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Milliy jamoa |
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 1998—2013 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Websayt | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Kim St-Pierre (talaffuzi: Kim Sent-Pier; 1978-yil 14-dekabrda Châteauguay, Quebecda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi. Uch karra Olimpiya oltin medali sovrindori va besh karra IIHF jahon chempioni. 2020-yil 24-iyun kuni Xokkey shon-shuhrat zaliga nomzod sifatida eʼlon qilingan edi.
1998—1999-yillarda St-Pierre McGill Martlets ayollar xokkey jamoasida eng yaxshi yangi oʻyinchi boʻlgan. Shuningdek, Kanada Universitetlararo Sport tarixida 2003-yil 15-noyabrda McGill universiteti Ryerson universitetini 5-2 hisobida magʻlub etganida erkaklar oʻrtasidagi muntazam mavsumda gʻalaba qozongan birinchi ayol boʻldi[1].
Kim St-Per 2002-yilgi Salt Like City Olimpiadasida Kanada terma jamoasi darvozaboni boʻlgan va finalda Kanada jamoasining AQSh jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida asosiy darvozabon boʻlgan. Turinda Kanada ayollar jamoasida ham oʻynagan. 2010-yilgi Vankuver qishki Olimpiya oʻyinlarida ayollar xokkey oʻyinida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2013-yil aprel oyida terma jamoadagi oʻyinlarni tark etgan.
St-Pier ilgari Kanada ayollar xokkey ligasining Monreal yulduzlarida oʻynagan. 2007—2008-yillarda CWHL eng yaxshi darvozaboni va CWHL Sharqiy yulduzi deb topildi. 2009-yilda Clarcson kubogini qoʻlga kiritib, xokkey boʻyicha ayollar oʻrtasidagi eng yaxshi uchta sovrinni qoʻlga kiritdi va Clarcson kubogi, Olimpiya oltin medali (2002, 2006 va 2010-yillarda) va Xokkey boʻyicha ayollar oʻrtasidagi IIHF jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan uchinchi ayol boʻldi[3].
Sent-Per 2011—2012-yilgi mavsumda farzandli boʻlish taraddudida boʻlganligi uchun oʻynay olmadi[4].