Kim Yoon-ji | |
---|---|
김윤지 | |
Tavalludi |
Christine Kim 6-sentyabr 1988-yil |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2017-hozirgcaha |
Kim Yoon-ji (inglizcha ismi: Christine Kim) — Janubiy Koreyada yashovchi koreys-amerikalik qoʻshiqchi. U NS Yoon-G sahna nomi ostida ijro etadi va 2009-yilda „JTM Entertainment“ kompaniyasi ostida „Head Hurts“ raqamli singli bilan debyut qilgan.[1][2] U hozir „VAST Entertainment“ bilan ishlaydi. Uning nomidagi „NS“ dastlab „Yangi ruh“ degan maʼnoni anglatgan, ammo keyinchalik „Yangi yulduz“ ga oʻzgartirilgan. Kim oʻzining koreyscha ismini sahna nomining bir qismi sifatida ishlatgan, chunki u „Christine“ ni koreyslar uchun talaffuz qilish juda qiyin deb topgan[3].
Kim 1988-yil 6-sentyabrda Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan va 4-sinfda Kaliforniyadagi San-Fernando vodiysiga koʻchib oʻtgan. U UCLAga raqs va aloqa yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirgan, biroq bir yildan soʻng Janubiy Koreyada sanʼat sohasida faoliyatini davom ettirish uchun taʼtil olgan. Dastlab „DSP Media“ga stajyor sifatida qoʻshilganidan soʻng, u „JTM Entertainment“da „Head Hurts“ qoʻshi`gi bilan debyut qilgan.
Kimning amakivachchasi — sobiq Kara aʼzosi Kang Ji-young; uning ukasi ham bor[4].
U 2009-yil atrofida „Fresh Pretty Cure!“ nomli anime uchun „You Make Me Happy“ qoʻshigʻining inglizcha versiyasini yozgan.
2012-yil 1-noyabrda Kim Jay Park bilan birga „If You Love Me“ raqamli singlini va uning rasmiy klipini hamda sahna ortidagi filmini chiqargan. Kim oʻzining singlini „KBS“ telekanalining 'Music Bank", „Mnet“ning „M ! Countdown“ kabi koreys musiqa shoularida ijro etgan.
Shuningdek, 2012-yil noyabr oyida Kim Koreya toʻlqini va taomlarini bir shouda birlashtirgan „U-KISS“ guruh aʼzosi Eli Kim bilan „K-pop Tasty Road“ dasturining boshlovchisi boʻlgan[5][6].
2013-yil yanvar oyida Kim Xoshimin shahrida Adam Lambert va Aurea bilan birga konsert bergan[7].
2021-yilda Kim oʻzining 2012-yilgi „If You Love Me“ singlini qayta chiqarishini eʼlon qilgan.
2021-yil 3-dekabrda Kim „Sublime Artist“ agentligi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi[8], keyinchalik „Sublime Artist“ agentligi shartnoma rasman imzolanganligini tasdiqladi[9].