المملكة أرينا Qirolligi Arena | |
![]() | |
Oldingi nomlari | Boulevard Hall (2023) |
---|---|
Manzili | Riyod, Saudiya Arabistoni |
Operator | General Entertainment Authority |
Sigʻimi | 30,000–40,000[1] |
Chim turi | Tabiiy oʻt |
Konstruksiya | |
Buzilgan joy | 2023 |
Qurilgan | 2023–24 |
Ijarachilar | |
Al Hilal | |
Website | |
Rasmiy sayti |
Kingdom Arena (Al-Mamlakah Arena) (arabcha: المملكة أرينا), (oʻzbekcha: Qirolligi Arena) Dastlab (Boulevard Hall), Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan futbol stadioni. Stadion oʻzining futbol oʻyinlarida 30 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va maxsus trosslar bilam tortilgan tom qismiga ega. 2023-yil sentabr oyida Kingdom Holding kompaniyasi stadionni Al Hilol SFC jamoasiga uy stadion sifatida boshqarish huquqini berdi[2][3].
Kingdom Arena 180 kun ichida qurilgan va 30 000 dan ortiq odamni, shu jumladan 20 ta hashamatli koʻngilochar muhlislar joylarini sigʻdira oladi. U tortiladigan tomga va markazga osilgan toʻrt tomonlama moslangan video ekranga ham ega[4].
Stadionda oʻtkaziladigan birinchi futbol oʻyini 2024-yilning 29-yanvarida „Al Hilol“ va „Inter Miami CF“ oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, „Al Hilol“ 4:3 hisobida gʻalaba qozongan[5].
2024-yil 8-fevral kunida Kingdom Arena dunyodagi eng katta yopiq futbol stadioni va yopiq stadion uchun eng yuqori sigʻimliligi boʻyicha Ginnesning ikkita rekordlar kitobiga kiritildi[6].