Masjid | |
Klang Royal Town masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Selangor | Kelang |
Yoʻnalishi | shofiʼiylik |
Masjid turi | Masjid |
Loyiha muallifi | Yayasan Islam Nazir-Nazir Masjid Daerah Klang[1] |
Binokorlik | 2003—2009[2] |
Oʻlchami | 4000 nafar[3] |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Klang Royal Town masjidi Vikiomborda |
Klang Royal Town masjidi (malaycha: Masjid Bandar Diraja Klang) – Malayziyada joylashgan 13 ta davlatdan biri hisoblanuvchi Selangor davlati Kelang shahridagi masjid. Masjid Jalan Pasar shahri Kelang daryosi boʻyida joylashganligi uchun ham unga suzuvchi masjid taʼrifi berilgan.
Bino Masjid Klang Utara (Shimoliy Klang masjidi) deb nomlanuvchi kichikroq masjid oʻrnida qurilgan. 2003-yilda yaqin atrofdagi masjidlar yaʼni Hindiston masjidi va Sulton Sulaymon masjidlariga tashrif buyurvchilar soni ortgani sababli ushbu hududda yangi masjid qurilishi boshlangan. Masjid 2009-yilda qurib bitkazilgan va Sulton Sharafuddin Idrisshoh tomonidan 2009-yilning 11-dekabrida uning tugʻilgan kuni munosabati bilan rasman ochib berilgan[4].
Masjidda asosiy namozxona, idoralar, maʼruza xonalari, ochiq namozxonalar, dafn marosimlarini oʻtkazish xonalari va ovqatlanish xonalari mavjud.