Klavish

Klavish (lotincha clavis — kalit) — 1) fortepiano, akkordeon kabi musiqa cholgʻularida tovush hosil qiluvchi richag moslamasining qoʻl bilan bosiladigan qismi, klaviatura detali. Odatda, yogʻochdan yasaladi. K.lar oq, qora boʻlib, suyak yoki plastmassa bilan qoplanadi; 2) turli mexanizmlar (yozuv mashinkasi, kompyuter va boshqalar)da signalni oʻzgartirib, harf (belgi) tushiradigan moslamaning harakatga keltiruvchi qismi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil