Yakob Ogor | |
Jacob Aagaard | |
Kreyg Pritchett 2016-yil | |
Tugʻilgan sanasi: | 15-yanvar 1949-yil |
Tugʻilgan joyi: | Shotlandiya |
Yashash joyi: | Shotlandiya |
Unvoni: | Xalqaro miqyosdagi Sport ustasi (1976) |
Maksimal reytingi: | 2425 (1977-yil, yanvar) |
Hozirgi reytingi : | 2326(2017-yil, may) |
Kreyg Uilyam Pritchett (1949-yil 15-yanvar, Glazgoda tugʻilgan, Shotlandiya) — shotlandiyalik shaxmat boʻyicha xalqaro sport ustasi, qator shaxmatga oid kitoblar muallifi. U Allan Glen maktabida taʼlim olgan[1][2][3] shuningdek, shaxmat klubining taniqli aʼzosi boʻlgan hamda maktab shaʼnini bir necha turnirlarda himoya qilgan. U 1966-1990yillarda – shaxmat olimpiadalarida Shotlandiy sharafini 9 marta himoya qilgan. U ikki marta (1977 va 2005 yillarda) Shotlandiya shaxmat chempionatida gʻolibchiqqan hamda ikkita Hududiy turnirda (1972 va 1975) oʻynagan. Shu bilan birga, u shaxmat murabbiyi.
Pritchett Shotlandiyani 1968-1970 – talabalar olimpiadalarida uch marta himoya qilgan. Quyida uning batafsil natijalari, olimpbase.org saytidan:
Pritchett 1966 – 1990-yilgacha Shaxmat Olimpiadalarida 9 marta Shotlandiyani va 1980-yilda Maltani himoya qilgan.Uning batafsil natijalari, olimpase.org saytidan. Uning117 ta oʻyindagi umumiy koʻrsatkichi (+43 =46 −28), 56,4 foiz.
Pritchett ikki marta Shotlandiya chempioni boʻlgan. 1976-yilda xalqaro sport usta unvoniga sazovor boʻlgan. Uning batafsil natijalari:[4]
Pritchett Britaniya shaxmat chempionatida koʻp marotaba qatnashgan, odatda yaxshi natijalarga erishgan va ikki marta Hududiy turnirlarga yoʻllanma olgan. Batafsil:[4]
Pritchett Denni Kopek bilan hammualliflikda "Yosh grossmeysterlarning eng yaxshi oʻyinlari" (Bell and Howell, London 1980) kitobini yozgan. Pritchett Nimzo Indian 4.e3: Nimzowitsch, Hubner va Taimanov Variatsiyalari (Batsford 1980) ni yozgan. Kopec bilan hammualliflikda — Shaxmat olamidagi daʼvogarlar va ularning uslublari (2002) nomli kitobini chiqaradi. Biroz vaqt oʻtib Starting Out: Sitsiliya Scheveningen kitobini 2006-yilda nashr ettirdi, Ushbu kitobning birinchi nashrini 1977-yilda yozilgan. 2008-yil yanvar oyida Pritchett 2008 yil yanvar oyida Pritchett „Play English: The Complete Chess Opening Repertuire for White“ kitobini chop etdi. Pritchett Glasgow Herald gazetasida shaxmat o'yinlarini sharhlab boradi.