Kristoffer von Hassel | |
---|---|
Tavalludi | 2008-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Oʻquvchi |
Kristoffer Vilgelm von Hassel (2008-yilda tugʻilgan) – dunyodagi eng yosh taniqli xaker[1] sifatida tanilgan amerikalik bola. Microsoft texnologiyalari markazida xavfsizlikdagi zaiflikni fosh qilgan eng yosh „tadqiqodchi“ sifatida tanilgan[2]. Besh yoshida Hassel Microsoft Live Xbox tizimidagi kamchiliklarni fosh qildi. Bu esa ommaviy axborot vositalarida shov-shuvga sabab boʻldi.
Hasselning otasi kompyuter xavfsizligi sohasida ishlaydi. Ular Kaliforniyaning Ocean Beach shahrida yashaydilar[3]. 2014-yil aprel oyi boshida ommaviy axborot vositalari Hassel haqida gapirishni boshlaganida u bolalar bogʻchasiga borar edi[4].
Besh yoshli Xassel video oʻyinlar oʻynashni hohlagan. Lekin ota-onasining nazorati bunga toʻsqinlik qilganidan soʻng, parollarning turli kombinatsiyalarini sinab koʻrish orqali Xbox Live tizimiga buzib kirishga harakat qildi. Oxir-oqibat, u xavfsizlikdagi xatolikni topdi. Bu Hasselga birinchi navbatda notoʻgʻri parolni kiritishga, keyin esa keyingi ekranda tizimni qulfdan chiqarish uchun moʻljallangan maydonga kirishga imkon berdi[5]. Xavfsizlikdagi „yoriq“dan foydalangandan soʻng, Hasselning ota-onasi cheklangan video oʻyinlarni oʻynayotganini koʻrishdi va undan qanday qilib kirganini soʻrashdi. Hassel ularga koʻrsatgandan soʻng, Devis Microsoft bilan bogʻlanib, xavfsizlikdagi muammo haqida xabar berdi[6]. Microsoft javob berdi: „Biz har doim mijozlarimizni tinglaymiz va muammolarni eʼtiborimizga havola qilgani uchun ularga rahmat. Biz Xbox’dagi xavfsizlikka jiddiy yondashamiz va bu haqda xabar topishimiz bilan muammoni hal qilamiz“. Shuningdek, ular Hasselga Microsoft Live Gold-ga bir yil davomida bepul obuna, toʻrtta video oʻyin va 50 AQSh dollarini taqdim etdilar[7].
Microsoft oʻz veb-saytida Hasselni eng yosh tadqiqotchilardan biri sifatida qayd etdi[5]. Sahifada xavfsizlik boʻyicha tadqiqotchilar sifatida koʻrsatilgan odamlar orasida u „eng gʻayrioddiy, ammo, ehtimol, eng muhimi“ deb nomlangan[8][9].
Devisning taʼkidlashicha, Hassel besh yoshida uch yoki toʻrtta boshqa „buzgʻunchilikni“ oʻrgangan. Jumladan, smartfon ekrani qulflarini buzib kirishni ham oʻrgangan[10].
<ref>
tag; name "del1" defined multiple times with different content