Kuba fanlar akademiyasi

Kuba fanlar akademiyasi -Kubaning eng yirik ilmiy muassasasi. 1962-yil Gavana shahrida tashqil etilgan. Tarkibida biologiya, shakarqamish, atmosfera fizikasi, yadro fizikasi, geogr., tarix va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari bor. Boʻlimlari kibernetika, falsafa, antropologiya va boshqa fanlarga oid tadqiqot ishlari olib boradi. 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituti ishlaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil