Kubaro Hakimova | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi | 31-yanvar 2002-yil |
Sport | |
Qaysi sport | Para yengil atletika (Disk va yadro uloqtirish) |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | ||
Kumush | Parij 2024 | Yadro uloqtirish |
Jahon chempionati | ||
Kumush | Parij 2023 | Yadro uloqtirish |
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Xanchjou 2022 | Yadro uloqtirish |
Kubaro Hakimova (2002-yil 31-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. F41 klassidagi musobaqalarda ishtirok etib keladi[1]. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medal sohibasi[2].
Kubaro Hakimova 2002-yil 31-yanvarda tugʻilgan[1].
2018-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Sardor Abduxoliqov[1].
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].
2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Kubaroga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan[1].
2024-yilda Parijdagi paralimpiya oʻyinlarining F41 klassidagi yadro uloqtirish musobaqasida ishtirok etib, 10.36 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].
![]() ![]() |