koreyscha: 경북대학교 | |
Shiori | Haqiqat,sharaf va serevis koreyscha: 진리, 긍지, 봉사 |
---|---|
Turi | davlat |
Asos solingan sanasi | 1946 |
Prezidenti | Won-hwa Hong |
Fakultetlar | 880 ta kunduzgi, 1,660 ta sirtqi (2010) |
Talabalari | 8,616 (2015) |
Bakalavriat | 31,516 |
Magistratura | 1,516 |
Manzili |
Daegu,Janubiy Koreya |
Veb-sayti | knu.ac.kr, en.knu.ac.kr |
Kyungpook milliy Universiteti (qisqartma KNU yoki Kyungdae) – Janubiy Koreyaning Daegu shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir.
Kyungpook milliy universiteti 1946-yil sentabrda Daegu shahridagi taʼlim, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi kollejlarining universitetga birlashishi orqali tashkil etilgan. Keyinchalik muhandislik va stomatologiya boʻlimlari qoʻshilgan.
Von Xva Xong universitet prezidenti hisoblanadi[1]. U mazkur universitetning arxitektura fakultetini tamomlagan va Yaponiyaning Vaseda universitetida magistr va doktorlik darajasini olgan. Prezident Xong KNU muhandislik kolleji dekani va tadqiqot va sanoat fakultetlari dekani lavozimlarida ishlagan. Universitetda ikkita vitse-prezident mavjud boʻlib, ular oʻquv ishlari boʻyicha ijrochi vitse-prezident Shi-Chul Li va tashqi ishlar boʻyicha vitse-prezident Sioh Kim [2].
Kyungpook milliy universiteti Jahon Universitetlar reytingi markazi (CWUR) tomonidan eʼlon qilingan 2021-yilgi reytingda Koreyada 9-oʻrin va dunyo miqyosida 402-oʻrinni egalladi[3] [3]. Shanxay Jiao Tong universiteti reytingi boʻyicha mamlakat boʻyicha 7-oʻrinni egalladi (2021) [4]. Quacquarelli Symonds (QS) tomonidan eʼlon qilingan 2022-yilgi universitetlar reytingida Osiyoda 93-oʻrinni egalladi[5]. Times Higher Education (THE) University Impact Rankings-2022 reytingida dunyoda 13-oʻrin va Koreyada 1-oʻrinni olgan[6].
Kyungpook milliy universitetining Gyongbuk provinsiyasida toʻrtta kampusi bor. Muhandislik va fan maktablari joylashgan asosiy kampus Buk-gu hududidagi Daegu shahrining markazida joylashgan. Kyungpook Milliy universitetida Dongin kampusi deb nomlanuvchi oʻquv shifoxonasi uchun alohida kampuslar hamda Samdukdagi stomatologiya maktabi va shifoxonasi uchun kampus mavjud.