Lelia Vita Goldoni (1936-yil 1-oktyabr – 2023-yil 22-iyul) amerikalik taniqli aktrisa edi. U John Cassavetesning mashhur"Shadows" (1959) filmida ishtirok etgani sabab sanʼat olamida nom qozondi[1]. Aktrisa oʻzining ijodiy faoliyati davomida ikkita BAFTA mukofotiga nomzod boʻlishga erishdi, birinchisi yuqorida aytilgan „Shadows“ filmi uchun va navbatdagisi esa Martin Scorsesening "Alice Doesnʼt Live Here Anymore" (1974) filmidagi mahoratli ijrosi uchun[2].
Goldoni Lelia Vita Rizzuto Nyu-York shahrida tugʻilgan va Los-Anjelesda (Kaliforniya) voyaga yetgan. Uning otasi italiyaga mashhur aktyor edi va u beysbolchi Phil Rizzutoning yaqin amakivachchasi boʻlgan[3]. U Los-Anjeles shahar kollejida tahsil olgan va 1950-yillarda Lester Hortonning koʻzga koʻringan yosh raqqosalaridan biri edi[3].
Goldoni bolaligidayoq oʻzining ijodiy faoliyatini boshlaganligi bilan boshqa aktrisalardan farqlidir. U ekrandagi karyerasini 1940-yillar oxirida Jozeph L.Mankiewichning " House of strangers „ (1949) va John Hustonning “We were strangers" (1949) filmlarida kichik rollar bilan boshlagan.
Oradan oʻn yil oʻtgach, aktrisa bolaligi oʻtgan Nyu-York shahriga qaytib, aktyorlik studiyasida John Cassavetes bilan tanishib yaqin boʻlganidan soʻng, Goldoni oʻzining "Shadows" (1959) filmidagi roli uchun katta eʼtiroflarga ega boʻldi va kinoshunos tanqidchilarning eʼtiborini tortdi[1]. Film Goldoni aktyorlik karerasini hayratlanarli tarzda boshlab berdi[4]. Unga BAFTA mukofotining „Most promising Newcomer“ nominatsiyasida taqdirlanishga erishdi[2]. The New York Times gazetasi aktrisa haqidagi maqolalarining birida: „U roliga yangilik va taʼsirchan tabiiy goʻzallik olib keladi“,-deb yozgan[5].
Keyinchalik Goldoni Patrick Mac Goohan bilan Britaniyaning 1964-yil suratga olingan "Danger Man" teleserialining „Fair Exchange“ va „Two Birds with One Bullet“qismlarida rol ijro etdi. U keyingi 1965-yilgi "Hysteria" qoʻrqinchli filmida Denise James rolini mahoratli tarzda ijro etdi[6]. 1969-yilda aktrisa "The Italian Job" filmidada paydo boʻldi[2][7].
Goldoni hayoti davomida ikki marta turmushga chiqdi, birinchi navbatda "Shadows" filmidagi partnyori Ben Carruthersga, keyin esa yozuvchi Robert Rudelsonga[2]. Rudelson bilan uning Aoran ismli farzandi bor edi[2].
Goldoni Nyu York Yankeesning taniqli futbolchisi Phil Rizzutoning amakivachchasi boʻlgan[2].
Mashhur aktrisa 2023-yil 22-iyulda New Jersey shtatidagi Englewood shahridagi Actors Fund Homeda 86 yoshida vafot etdi[2].