Shaxsiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilishi— Hefei, Anhui, Xitoy | 1-yanvar 1992-yil|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi— 1.61 m (5 ft 3 in) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni— 54 kg (119 lb) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sport | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sport turi — Ushu | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yoʻnalishi — Changquan, Jianshu, Qiangshu | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoa— Makau ushu jamoasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar
|
Li Yi (xitoycha: 李禕; 1992-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — makaolik professional ushu taolu sportchisi.
Li ushu bilan sakkiz yoshidaligida Anxuyda shugʻullana boshlagan[1].
Li Yining birinchi xalqaro debyuti 2013-yilda Ushu boʻyicha jahon chempionatida boʻlib oʻtdi. U mazkur musobaqada duilyan boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bir yil oʻtgach, Li Yi 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashdi va ayollar oʻrtasida jianshu va qiangshu yoʻnalishlari boʻyicha kumush medalga sazovor boʻldi[2][3].
Ushu boʻyicha 2015-yilgi jahon chempionatida Li Yi 2016-yilgi Taolu jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va jianshu boʻyicha oltin medal va changquan va qiangshuda ikkita bronza medaliga ega boʻldi. Ushu boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionatida u changquan va duilyan yoʻnalishlari boʻyicha yana ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi, keyinroq 2017-yilgi yozgi Universiadada changquan va tszyanshuda ikki karra oltin medal sohibi boʻldi[4].
2018-yilda Li Yi Taolu Jahon kubogida ishtirok etdi va ikkita kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻsha yili u 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida ham ishtirok etdi va ayollar oʻrtasidagi changquan bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritdi[5][6][7][8]. Ushu boʻyicha 2019-yilgi jahon chempionatida u jianshu va qiangshuda ikkita oltin medal va changquanda kumush medal sohibiga aylandi[9], bu uni musobaqadagi eng muvaffaqiyatli sportchilardan biriga aylantirdi.
Li Yi Makao SAR hukumati tomonidan quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan:
Makaoning eng yaxshi sportchilari saylovi