Livan taʼlim tizimi

Livanda taʼlimi Taʼlim va oliy taʼlim vazirligi (MOHE) tomonidan boshqariladi. 2013-yilgi Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga koʻra, Livan umumiy taʼlim sifati boʻyicha 10-oʻrinni, fan va matematika boʻyicha 4-oʻrinni egallagan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livanda boshlangʻich taʼlim 3 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Asosiy taʼlim 2 ta bosqichdan iborat: boshlangʻich daraja va oʻrta daraja. Birinchi bosqich, yaʼni, 1-sinfdan 3-sinfgacha va 4-sinfdan 6-sinfgacha boshlangʻich sinf oʻquvchilari. Ikkinchi bosqich, 7-sinfdan 9-sinfgacha va 10-sinfdan 12-singacha oʻrta taʼlim oʻquvchilari[1].

Taʼlimni boshqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim va oliy taʼlim vazirligi davlat sektoridagi barcha taʼlim muassasalarini hududiy taʼlim tizimi orqali tartibga soladi. Livandagi taʼlim tizimi markazlashtirilgan va bu tizim viloyat taʼlim byurolari orqali amalga oshiriladi. Davlat maktablari ham viloyatlardagi hududiy taʼlim byurolari tomonidan nazorat qilinadi. Viloyat taʼlim byurosi umumtaʼlim maktabi va vazirlik shtab-kvartirasidagi taʼlim bo‘limi o‘rtasidagi bo‘g‘in vazifasini bajaradi. Xususiy maktablarning oʻz tashkiloti bor boʻlsada, ular hali ham vazirlik[1] tasarrufida deb qaraladi.

Taʼlim va rivojlanish boʻyicha tadqiqot markazi ham taʼlim vazirligining gʻamxoʻrligi ostidagi mustaqil xodimlar tashkilotidir. Markazning vazifalari quyidagilardan iborat:

1) universitetgacha taʼlim bosqichlarida kadrlar tayyorlash uchun akademik va kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;

2) oʻquv dasturlarini ehtiyojga qarab qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirish;

3) barcha uslubiy vositalar va usullarni tayyorlash; hamda ushbu oʻquv dasturlarini taʼlimda qoʻllash;

4) universitetgacha boʻlgan oʻqituvchilarni tayyorlash;

5) barcha fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlash;

6) oʻqituvchilar malakasini oshirish;

7) darsliklar yozish;

8) maktabda baholashni oʻtkazish[1].

Taʼlimni moliyalashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon bankining maʼlumotlar bazasiga koʻra, 2007-yilda taʼlimga davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,7% ni, 2007-yilda 9,6% ni tashkil etdi. Davlat maktablari taʼlim vazirligi tomonidan, xususiy maktablar esa talabalar mablagʻlarini yigʻish hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi dasturlar loyihalarini joriy etish va ularga oʻzgartirishlar kiritish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonlari asosan xususiy kompaniyalar, nodavlat fondlar, yoki xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon banki va BMTTD[1] hisobidan moliyalashtiriladi.

Maktabgacha taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2007-yilda maktabgacha taʼlim muassasalariga umumiy qabul darajasi erkaklar uchun 67,1% ni, ayollar uchun 65,6% ni va jami 66,4% ni tashkil qiladi. Maktabgacha taʼlim bolalarni maktab muhitiga tayyorlashga qaratilgan. Maktabgacha taʼlimning maqsadlari quyidagilardan iborat: 1) bolalarning boshqa odamlar bilan muloqot qilishlari uchun qulay muhit yaratish; 2) ularning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish; oyoq-qoʻllarini nazorat qilish va harakatlarini muvofiqlashtirish; 3) sezgi organlarini rivojlantirish.

Maktabgacha taʼlim bolalarning fiziologik, axloqiy va intellektual rivojlanishini ham hisobga oladi[2]. Jahon bankining maʼlumotlar bazasiga koʻra, 2008-yilda xususiy maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish ulushi 80,3% ni tashkil qiladi.

Asosiy taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2007-yilda boshlangʻich taʼlimga umumiy qabul darajasi erkaklar uchun 96,8% ni, ayollar uchun 93,9% ni va umumiy taʼlimda 95,4% ni tashkil etadi. Asosiy darajadagi xususiy taʼlimning ulushi 67,6% ni tashkil etdi.

Oʻrtacha darajasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon bankining maʼlumotlar bazasiga koʻra, 2007-yilda oʻrta taʼlimga jami qabul qilish darajasi erkaklar uchun 83,2% ni, ayollar uchun 90,7%ni va jami 86,9% ni tashkil etadi. Livanda boshlangʻich taʼlimni yakunlash darajasi (2007-yilda aholi jon boshiga 6000 AQSh dollari) Tunis, Iordaniya, Eron, Jazoir va Misrdagidan past. UIS maʼlumotlar bazasiga koʻra, oʻqishning texnik va kasbiy yoʻnalishi 2008-yilda oʻrtacha 5,1% ni tashkil etdi[2].

Oʻrta maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta taʼlim 3 yil davom etadigan umumiy taʼlim(gumanitar fanlar, iqtisod, hayot haqidagi fanlar, umumiy fanlar) va texnik taʼlimdan (taxminan 55 ta turli mutaxassislik yoʻnalishlari) iborat. Direktorlar talaba qaysi yo‘ldan borishini o‘quvchilarning qobiliyati va Brevet tizimining ishlashiga qarab hal qiladilar. Talabalar 3 yillik taʼlimni tugatgandan soʻng, oʻz sohalari boʻyicha Livanning rasmiy bakalavriat imtihonlarini topshiradilar (4 ta imtihon). Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar Livan bakalavr darajasi oʻrta taʼlim sertifikatini (Shahaadat Al-Bakaalouriya al Lubnaaniya l’il-ta 'liim al-Thaanawi) yoki Texnik Bakalavrni (Al-Bakaalouriya al-Finniya) oladi[3].

Livandagi falastinlik qochqinlar davlatda oʻrta taʼlimni olish imkoniyatiga ega. Ularning aksariyatiga xususiy oʻrta taʼlimning yuqori narxi qimmatlik qiladi.

Oʻrta maktabning oxirida har bir talaba rasmiy imtihonlardan oʻtishi kerak.

Oliy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livandagi oliy taʼlim texnik va kasb-hunar institutlari, universitet kollejlari, institutlar hamda universitetlardan iborat. Yagona davlat muassasasiLivan universitetidir. Taʼlim va oliy taʼlim vazirligi xususiy va davlat sektorlarini boshqaradi, texnik va kasbiy taʼlim muassasalari esa „Texnik va kasb-hunar taʼlimi bosh boshqarmasi“ ning boshqaruvi ostida. Oliy taʼlim Bosh boshqarmasi universitet kollejlari, institutlar va universitetlar uchun masʼuldir[3].

Jahon bankining maʼlumotlar bazasiga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlariga umumiy qabul darajasi erkaklar uchun 46,9% ni, ayollar uchun 56,3% ni va jami 51,6% ni hamda Oliy taʼlim olishda xususiy sektorning ulushi 53,4% ni tashkil qiladi[4].

Talaba ayol-qizlar har bir universitet dasturida yoki mutaxassislik yoʻnalishida tahsil olishadi[4].

Livanlik talabalar oʻrta maktabdan soʻng universitet, kollej yoki kasb-hunar taʼlimi institutida oʻqishni tanlash imkoniga ega. Har bir turdagi dasturni oʻqish uchun talab qilinadigan yillar soni har xil belgilangan.

Livan taʼlim tizimi juda yuqori sifatli va xalqaro toifadagi taʼlimni taklif qilsa-da, mahalliy bandlik bozori bitiruvchilar uchun yetarli ish imkoniyatlariga ega emasligi sababli, koʻplab yosh tahsil olgan livanliklar ishlash uchun chet elga ketishni afzal koʻradilar. Butun dunyoda muvaffaqiyatli Livan muhandislari, shifokorlari, biznesmenlari va boshqa soha mutaxassislarini koʻp uchratish mumkin..

Livanda 41 ta milliy akkreditatsiyadan oʻtgan universitetlar mavjud boʻlib, ulardan baʼzilari xalqaro miqyosda tan olingan[5][6]. Bayrutdagi Amerika universiteti va Sent-Jozef universiteti mos ravishda Livanda ochilgan ingliz va fransuz tillarida soʻzlashuvchi universitetlar boʻlgan[7][8]. 41 ta davlat va xususiy universitetlar asosan fransuz yoki ingliz tillarida ishlaydi, chunki ular Livanda eng koʻp qoʻllanadigan chet tillaridir[9].

Ingliz universitetlarida Amerika uslubidagi maktab dasturini tamomlagan talaba Livan Oliy Taʼlim Vazirligi talablariga mos keladigan bakalavr darajasini olish uchun oʻqishni nol darajada boshlashi kerak boʻladi. Bu talabaga oʻqishni yuqori bosqichlarda davom ettirish huquqini beradi hamda bunday talabalar, rasmiy oʻrta maktabni tugatish imtihonlari oʻrniga SAT I va SAT II kollejga kirish imtihonlarini topshirishlari kerak. Livan taʼlim tizimiga mos deb tan olingan maktabni tugatgan talabalar esa toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kursga qabul qilinishi mumkin. Bu talabalar ham SAT I ni topshirishlari kerak, lekin ulardan SAT II ni topshirish talab qilinmaydi.

Livandagi eng yuqori oʻrinli va eng nufuzli oliy taʼlim muassasalari quyidagilardir: La Sagesse universiteti; Livan universiteti;

Amerika fan va texnologiya universiteti;

Livan Amerika universiteti;

Antonin universiteti;

Balamand universiteti;

Bayrut Amerika universiteti;

Bayrut Arab universiteti;

Livan xalqaro universiteti;

Amerika Texnologiya Universiteti,

Livan Sanʼat, fan va texnologiya universiteti;

Notre-Dam-Luez universiteti.

Baʼzi talabalar chet elda oʻqishni maʼqul koʻrishadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2005-yilda Livan taʼlim tizimiga 0,84 indeksini bergan[10].

Trening dasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livan oʻquv dasturi Livandagi barcha davlat va xususiy maktablarda qoʻllanadi. Maktablarga bir vaqtning oʻzida chet el oʻquv dasturlarini (fransuz, ingliz yoki xalqaro) amalga oshiradigan Livan va xorijiy metodologiyalarni qoʻllash tavsiya etiladi[1].

Taʼlim tillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabning dastlabki yillaridayoq arab tili bilan bir qatorda ingliz yoki fransuz tillari o‘qitiladi. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng, ingliz yoki fransuz tili barcha maktablar uchun matematika va tabiatshunoslik boʻyicha majburiy oʻqitish vositasiga aylandi[11].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Skaf, Antoine and Zeina Habib (2008) "Lebanon" In Ina V.S. Mullis, Michael O. Martin, Joh F. Olson, Dbra R. Berger, Dana Milne, and Gabrielle M. Stanco ed., TIMSS 2007 Encyclopedia: A Guide to Mathematics and Science Education Around the World, Volume 2, Boston: TIMSS & PIRLS International Study Center“. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „UNESCO Institute for Statistics database“. 2019-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  3. 3,0 3,1 „International Association of University, World Higher Education Database“. 2011-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „The World Bank (2009) The Status and Progress of Women in the Middle East and North Africa, Washington D.C.: The World Bank“. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  5. Infopro Management. "Lebanon Opportunities - Business Information". Retrieved January 30, 2007
  6. Arabic)Lebanese Directory of Higher Education. "Decrees". Retrieved January 30, 2007
  7. eIFL.net Regional Workshop (2005). "Country Report: Lebanon". Retrieved December 14, 2006
  8. Université Saint-Joseph. "125 years of history - A timeline". Retrieved December 8, 2006
  9. Yalla!. "Yalla! Students". Retrieved December 15, 2006
  10. „"Human development indicators" (PDF). United Nations Development Programme, Human Development Report“. 2007-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  11. „The World Bank (2006) Lebanon Quarterly Update, First Quarter 2006, Beirut: The World Bank“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.